Talha ibn Ubaydulloh

Muhammad payg'ambarning hamrohi

Talha ibn Ubaydulloh ibn Usmon ibn Amr ibn Kaʻb al Quroyshiy (595-656) — Islom payg’ambari Muhammadning ilk safdoshlaridan biri. Jannat hushxabari berilgan sahobalardan[1].

Talha ibn Ubaydulloh
arabcha: طلحة بن عبيدالله
Tavalludi
Talha ibn Ubaydulloh ibn Usmon ibn Amr ibn Kaʻb ibn Saad ibn Toim ibn Murra al Quroyshiy

595-yil
Vafoti 656-yil
Basra
Fuqaroligi Rashidun xalifaligi
Otasi Ubaydulloh ibn Usmon
Onasi Saʻba binti Abdulloh

Biografiya tahrir

Arablarning Quroysh qabilasidagi Toim ibn Murra sulolasidan kelib chiqqan[2]. Abu Bakr Siddiqning qarindoshi hisoblanadi[3]. Abu Bakrning va do’stlarining tavsiyasi bilan Islomni qabul qilgan. Uhud jangida Muhammadni himoya qilgan va Jannat bashoratini olgan. Muhammadning o’limidan so’ng xalifalikka Abu Bakr nomzodiga ovoz bergan. Xalifa Usmon ibn Affonning o’limidan ko’p o’tmay, Tuya jangida halok bo’lgan. O’g’li Muhammad ibn Talha ham shu jangda o’lgan. Yana bir o’g’li Muso ibn Talha esa uning merosiga ega bo’lgan. Qizi Oysha binti Talha esa, arablarning nufuzli ayollaridan biri edi.

Manbalar tahrir