Tavfiq al-Hakim
Tavfiq al-Hakim (9-oktyabr 1898-yil; Iskandariya — 26-iyul 1987-yil; Qohira) — Misrlik arab yozuvchisi va jamoat arbobi. Qohiradagi “Arab tili akademiyasi” aʼzosi.
Tavfiq al-Hakim | |
---|---|
Tavalludi |
9-oktyabr 1898-yil |
Vafoti |
26-iyul 1987-yil (88 yoshda) Qohira, Misr |
Ijod qilgan tillari | Arab tili |
Fuqaroligi | Misr |
Yoʻnalish | Dramaturgiya |
Mukofotlari | Misr Davlat mukofoti |
Hayoti tahrir
Tavfiq al-Hakim 1898-yil 9-oktyabrda Iskandariyada tavallud topgan. 1924-yilda Qohiradagi Oliy yuridik maktabni tugatgan. Parijda Yevropa xalqlari adabiyoti va sanʼatini oʻrgangan. 1927–1934-yillarda adliya idoralarida tergovchi, 1934–1943-yillarda maorif va taʼlim vazirliklarida ishlagan. 1959–1960-yilda Misrning YUNESKOdagi vakili boʻlgan. Ijodi asosan mustamlakachilikka qarshi kurash, xotin-qizlar ozodligi mavzulariga bagʻishlangan.
Tavfiq al-Hakim arab adabiyotida ijtimoiy turmushni tasvirlovchi birinchi roman (“Ruhning qaytishi”, 1933) muallifi. Adabiyot sohasidagi Misr Davlat mukofoti laureati (1961). Uning “Tugʻyon” romani (1974) va ayrim hikoyalari oʻzbek tilida nashr etilgan[1].
Asarlari tahrir
- “Chaqirilmagan mehmon” (1918);
- “Yangi ayol” (1924);
- “Ruhning qaytishi” (1933)
- “Naychi” (1934);
- “Provinsiya tergovchisining xotiralari” (1937);
- “Shahrizoda” (1934);
- “Pigmalion” (1942);
- “Qamoqxona hayoti” (1964)
- “Parmachining taqdiri” (1966);
- “Tugʻyon” (1974).
Manbalar tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |