Turkiston viloyati (Rossiya imperiyasi)

Turkiston viloyati - tarixiy maʼmuriyhududiy birlik. Oʻrta Osiyoni Rossiya bosib olishi jarayonida, 1865-yil 2 fevr.da tashkil qilingan. Hududi dastlab Qoʻqon xonligidan bosib olingan yerlar (Sirdaryoning oʻrta oqimidagi yerlar, Qozogʻistonning jan. tumanlari hamda Qirgʻizistonning shim. hududlari) dan iborat boʻlgan. 1865-yil 6 avgustda Turkiston viloyatini boshqarish toʻgʻrisida Muvaqqat nizom eʼlon qilingan va viloyatning harbiy va fuqarolik ishlarini boshqarishOrenburg generalgubernatoriga topshirilgan. Turkiston viloyati maʼmuriy jihatdan 3 ga: 1) oʻng qanot yoki Sirdaryo tumani (Aralsk, Gʻazali, Qizil Oʻrda shaharlari bilan birgalikda); 2) markaz (Turkiston va Chimkent tumanlari) va 3) soʻl qanot [Avliyoota (hozirgi Taroz), Marki, Pishpak (hozirgi Bishkek), Toʻqmoq sh.lari joylashgan hududlar] ga boʻlingan. 1865-yil 16 iyunda Toshkent va uning atrofidagi yerlar "Toshkent tumani" nomi bilan Turkiston viloyatiga qoʻshib olindi va Toshkent shahri Turkiston viloyatining maʼmuriy markaziga aylandi. 1866-yil oxirlarida esa Erjar va Zomin boʻlimlari hamda Xoʻjand (hozirgi Sugʻd viloyati) va Jizzax tumanlari tashkil qilinib, ular ham Turkiston viloyati tarkibiga kiritildi. Podsho amaldorlari Turkiston viloyatining tashkil qilinishini vaqtincha tadbir deb hisoblab, uning chegarasini rasmiy ravishda belgilamagan edi. 1867-yildan Turkiston viloyati Turkiston generalgubernatorligi tarkibiga kiritildi.