Muhammad Umarxoʻjayev
(Umarxoʻjayev Muhammaddan yoʻnaltirildi)
Muhammad Umarxoʻjayev (1910.5.1 – Toshkent – 1984) – Oʻzbekiston xalq artisti (1968). 1931—80 yillar Hamza teatrida aktyor. Turdivoy (Uygʻun, I.Sulton, „Alisher Navoiy“), Tixon (A.Ostrovskiy, „Momaqaldiroq“), Doj (U.Shekspir, „Otello“), Saidobid (M.Shayxzoda, „Mirzo Ulugbek“), Zokir (A.Muxtor, „Samandar“) kabi rollari bilan tanilgan. Qahramon xarakterini boʻrttirib gavdalantirish, ularni koʻtarinki, joʻshqin ifodalash U. ijodiga xos.[1]
Manbalar tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |