Vanity Fair (loogtipi jurnal nomining katta harflar bilan yozilishidan yasalgan) — Amerika Qoʻshma Shtatlarida Condé Nast tomonidan nashr etiladigan madaniyat, moda sohasiga oid maqolalar chop etiladigan Amerika oylik jurnali.

Vanity Fair

Sohasi Madaniyat
Davriyligi 1983-yildan — hozirgacha
Tili ingliz tili
Bosh muharrir Radhika Jones
Nashriyot (mamlakat) Condé Nast (Amerika Qoʻshma Shtatlari)
Qachon asos solingan: fevral1983 (41 yil avval) (1983-02)

Veb-sayti: vanityfair.com

Vanity Fairning birinchi versiyasi 1913-yildan 1936-yilgacha nashr etilgan. Jurnal 1983-yilda Conde Nast boshqaruvni qoʻlga kiritgandan soʻng qayta tiklandi va hozirda jurnal beshta xalqaro nashrni oʻz ichiga oladi[1]. Radhika Jones 2018-yildan beri jurnal bosh muharriri sifatida ishlab kelmoqda. Vanity Fair chop etgan mashhurlarning suratlari va vaqti-vaqti bilan chop etgan tasvirlari atrofidagi bahs-munozaralari bilan tanilgan. Bundan tashqari, nashr oʻzining shijoat bilan yozilan maqolalari va ijtimoiy sharhlari bilan mashhur.

Manbalar tahrir

  1. „Top 13 Fashion Magazines In The World You Could Subscribe To“ (en-US). STYLECRAZE (2019-yil 26-fevral). Qaraldi: 2023-yil 21-aprel.

Havolalar tahrir