Vayyan-kutyure Pol (1892.8.1 -Parij — 1937.10.10) — fransuz yozuvchisi. Birinchi jahon urushida qatnashgan. "Koʻrlar bazmi" (1927) hikoyalar toʻplami va "Iyul ota" (1927) fojiaviy komediyasida jamiyatdagi hukmdan tabaqa hayotining salbiy tomonlari tanqid qilingan. V.-K. 1931 yilda Oʻzbekiston va Tojikistonda boʻlgan. "Temur yurtida" umumiy nom ostida ocherklar toʻplamini nashr ettirgan (1932). Bunda Oʻzbekistan va Tojikiston xalklari, ularning urfodatlari, marosimlari, oʻzbek adabiyoti haqida maʼlumotlar beriladi. "Toshkentda shoirlar kechasi" nomli ocherkida oʻzbek ijodkorlari Gʻ. Gʻulom, H. Olimjon va b. bilan muloqotda boʻlganligi haqida yozadi.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil