VIOLLE-LE-DYUK (Viollet-le-Duc) Ejen Emmanyuel (1814.27.1, Parij — 1879.17.9, Lozanna, Shveysariya) — fransuz meʼmori, meʼmorlik tarixchisi va nazariyotchisi. Meʼmoriy yodgorliklarni tiklash nazariyotchisi va amaliyotchisi. Bibi Maryam ibodatxonasi (1845, J. B. Lassyu bilan hamkorlikda), Karkason mudofaa inshooti, Perfon qalʼasi va b. binolarni taʼmirlagan. Asarlari: "Fransuz meʼmorligining izohli lugʻati" (10 jild, 1854—68), "Meʼmorlik haqida suhbat" (2 jild, 1858-72) va b.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil