Waterscapes

Amita Baviskar tahriri ostida chop etilgan kitob

Waterscapes“ (tarjimasi „Suv manzaralari“), toʻliq nomi „Waterscapes: The Cultural Politics of a Natural Resource“ (tarjimasi „Suv manzaralari: Tabiiy resursning madaniy siyosati“) — Amita Baviskar tahriri ostida chop etilgan 12 ilmiy maqola toʻplami. Kitob 2007-yil „Permanent Black“ nashriyotida bosilib chiqqan. Maqolalarning barchasida suvning siyosiy iqtisodiyoti haqida soʻz boradi.

Waterscapes: The Cultural Politics of a Natural Resource
Muallif(lar) Amita Baviskar (muharrir)
Til inglizcha
Nashr etilgan sanasi 2007
Nashriyot Permanent Black
Sahifalar soni 374
ISBN ISBN 81-7824-176-5

Majmuaga kiritilgan maqolalar ilk bor 2001-yil Dehli universitetida boʻlib oʻtgan ilmiy anjumanda taqdim etilgan. Maqolalarning barchasi madaniyat, siyosat hamda suv oʻrtasidagi bogʻliqliklarga bagʻinlangan boʻlib, mavzusiga qarab uch guruhga boʻlingan va yaxlit kitob shakliga keltirilgan[1].

Baviskarning soʻzlariga koʻra, „suv manzaralari“ atamasi bilan suvni madaniy nuqtai nazardan tahlil qilishda oʻrtaga chiqadigan „joy yaratish jarayonlari, tarixiy-jugʻrofiy aloqalar hamda diskursiv va ramizy amaliyotlar“ nazarda tutilgan[2]. Asarda asosan Global Janub, xususan, Hindiston misoli keng koʻrib chiqilgan, lekin AQSh, Xitoy, Gambia va Braziliyadan olingan misollar ham oʻrin olgan.

Manbalar tahrir

  1. Goodall, Heather (2007). „Waterscapes“. Environment and History. 13-jild, № 4. 503–512-bet. doi:10.3197/096734007X243186.
  2. Phadke, Roopali (2011). „Amita Baviskar (ed.), Waterscapes: The Cultural Politics of a Natural Resources (Nature, Culture, Conservation). Delhi: Permanent Black, 2007. xi + 374 pp. Figures, notes, references. ₹ 695 (hardback)“. Contributions to Indian Sociology. 45-jild, № 1. 113–156-bet. doi:10.1177/006996671004500113.

Havolalar tahrir