Xardavdon (Halimocnemis villosa Kar. et. Kir.) — shoʻradoshlarga mansub bir yillik sershox oʻt. Boʻyi 3—25 sm, kiska va uzun tuklar bilan qoplangan. Barglari kalami, semiz, uz. 20–50 mm. Gulqoʻrgoni oddiy, 4 ta nashtarsimon boʻlakchadan iborat, ularning pastki qismi meva yetilishi oldidan qoʻshilib ketadi va qattiqlashadi. X. iyun — sentabrda gullab meva beradi. Oʻzbekistonda shoʻrxok, qumoq, mayda chagʻirtoshli, loy tuprokdi va kumliyerlarda keng tarkalgan. Qorakoʻl qoʻylari va tuyalarga ozuka.