Yoʻllugʻ tegin (7-asr oxiri - 739) — Turk xoqonligi xoqoni (734—739), ilk turkiy tarixchi, yozuvchi va shoirlardan biri.

Bilga xoqonning vafotidan soʻng oʻzini Ijan xoqon deb atagan. Tan imperiyasiga (Xitoy) 3 marta elchilar yuborgan. Uning davrida davlatda barqarorlik vaqtinchalik xukm surgan. Kultegin (732), Bilga xoqon bitiklari (735)ning muallifi boʻlgan. Ushbu bitiklar jahon adabiyotchilari tomonidan yuksak baholangan, yozuvlarda oʻsha davr tarixiy voqealari haqqoniy yoritilgan.

Adabiyot tahrir

  • Gumilev L. N., Drevniye tyurki, M., 1967; Qadimiy hikmatlar, T., 1987.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil