Yorugʻlik sezgir materiallar

(Yorug'lik sezgir materiallardan yoʻnaltirildi)

Yorugʻlik sezgir materiallar— yorugʻlik nuri taʼsirida fizikkimyoviy jihatdan oʻzgaradigan materiallar (foto yoki kinoplyonkalar, foto qogʻozlar). Fotografiya va kinematografiyada Yo. s. m. tayyorlashda ishlatiladigan yorugʻlik sezgir modda sifatida, koʻpincha, kumushning galoid tuzlari (kumush bromid, kumush xlorid, kumush yodid) ishlatiladi. Fotoplastinka, fotoplyonka, kinoplyonka (selluloid, triatsetat yoki atsetilsellyuloza) va fotoqogʻozga shunday moddalar surkaladi (yana q. Fotomateriallar).[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil