Zahona — Koʻhitang tizmasidagi dovon, Surxondaryo viloyatining jan, gʻarbida, Sherobod tumani hududida, Oʻzbekiston Respublikasi va Turkmaniston chegarasida joylashgan. Eng baland joyi 3016 m. Z.ga maynoyabr oylarida Kampirtepasoy vodiysi boʻylab oʻtgan soʻqmoq yoʻl orqali piyoda yoki otda borish mumkin. Z.ga boradigan soʻqmoq yoʻl atroflari archazor oʻrmonlar bilan qoplangan. Qishda dovon qalin qor bilan qoplanib yotadi.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil