ZAMENGOF (Zamenhof) Lyudvik (Lazar Markovich) (polyakcha: Ludwik Łazarz Zamenhof) [1859.15(27). 12, Belostok — 1917.14(27).4, Varshava] — esperanto tili asoschisi, vrach. 1887—97-yillarda Ukraina (Xerson, Lvov, Odessa va b.) da yashagan. Dr Esperanto taxallusi bilan xalqaro yordamchi sunʼiy til loyihasini nashr ettirgan. Shu tilda oʻzining bir qancha ilmiy ishlarini yaratgan ("Baynalminal til" va b.). 3. "Xalqaro til" (1887), "Xalqaro tilning mohiyati va kelajagi" (1900) kabi ilmiy asarlar muallifi.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil