"Boshgidromet", Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Gidrometeorologiya bosh boshqarmasi – Oʻrta Osiyodagi yirik boshqaruv va ilmiy tadqiqot markazi. 1992-yilda tashkil etilgan. Tarkibida atrof muhitning ifloslanish monitoringi, gidrometeorologax jarayonlarga harbiylashtirilgan taʼsir koʻrsatish boshqarmalari, gidrometeorologiya markazi, texnika boshqarmasi, V. A. Bugayev nomidagi Oʻrta Osiyo gidrometeorologiya ilmiy tadqiqot instituti, „Gidrometasbob“ ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi, Toshkent gidrometeorologiya texnikumi, 400 dan ortiq gidro va meteorologiya kuzatish punktlari bor. „Boshgidromet“ gidrologiya, glyatsiologiya, gidrometeorologik jarayonlarga faol taʼsir koʻrsatish, qishloq xoʻjaligi meteorologiyasi, sinoptik tadqiqotlar, iqlimshunoslik, stratosfera ozonini oʻrganish, atrof muhitning ifloslanishini tadqiq etish sohalari boʻyicha yirik markaz hisoblanadi. „Boshgidromet“ 1993-yildan Jahon meteorologiya tashkiloti (JMT) ga aʼzo. „B.“ JMT va Jahon obhavo xizmatining dasturlarini bajaradi, BMT doirasida Oʻzbekiston Ressublikasi aʼzo boʻlgan bir qator xalqaro dasturlar va konvensiyalarda qatnashadi.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil