Boshlangʻich taʼlim (jurnal)

("Boshlang‘ich ta’lim"dan yoʻnaltirildi)

Boshlangʻich ta’lim — 1-4-sinf oʻqituvchilari, ped. kollejlari, ped. institutlarining boshlangʻich taʼlim fakultetlari talabalariga moʻljallangan 2 oyda bir marta chiqadigan ilmiy metodik, axloqiy-taʼlimiy ommabop jurnal. Muassis: Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi. 1992-yil yanvardan nashr etiladi. Jur. koʻp rangli boʻlib, uning sahifalarida boshlangʻich taʼlim oʻquv rejasidagi oʻquv fanlarini oʻrganishga oid ilmiy metodik maqolalar, ilgʻor oʻqituvchilar tajribalari yoritilgan materiallar, iqgisodiy taʼlim va tarbiyaga oid maqolalar, boshlangʻich sinflarda sinfdan tashqi oʻqish uchun badiiy asarlardan parchalar berib boriladi. Adadi 22000 nusxadan ortiq (2000).

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.