Sky plc — Yevropadagi sunʼiy yoʻldosh orqali telekoʻrsatuvlar beruvchi eng yirik xususiy kompaniyalardan biri. 1990-yilda K. R. Myordokning "Skay Televijn" (Sky Televisione) kompaniyasi bilan "British Satellayt Brodkasting" (British Satellite Broadcasting) konsorsiumi qoʻshilishi natijasida tashkil boʻlgan. Londonda joylashgan. Gʻarbiy Yevropa uchun ingliz tilida 6 kanal (ommaviy koʻngil ochar tomoshalar, komediyalar, sport koʻrsatuvlari, yangiliklar; kinofilmlar — 2 kanal) da koʻrsatuvlar beradi.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil