Djizakskaya pravda ("Jizzax haqiqati") — Jizzax viloyati hokimligining ijtimoiysiyosiy gaz. Jizzax sh.da rus tilida haftada 2 marta chiqadi. Birinchi soni 1974-yil 1-mayda chiqqan. 1998-yildan "D.p." tahririyati "Jizzax haqiqati" gaz. tahririyatiga qoʻshildi. Gaz. sahifalarida viloyat hayotidagi eng muhim voqealar, xususan, xalqlar oʻrtasidagi doʻstlikni mustahkamlash, bozor munosabatlarini kuchaytirish, qishloqqa sanoatni olib kirish, yoshlar tarbiyasi va b. masalalar muntazam yoritiladi. Tahririyat qoshida qishloq xoʻjaligi, ijtimoiy, iqtisodiy, huquqni muhofaza qilish organlari bilan ishlash boʻlimlari bor. Adadi 3 ming (2001).

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil