Ford Motor Company

("Ford motor"dan yoʻnaltirildi)

Ford Motor Company — jahondagi eng yirik avtomobil kompaniyalaridan biri. 1903-yilda AQSH avtomobil sanoati asoschilaridan biri, sanoatchi Genri Ford tomonidan tashkil etilgan. Boshqaruv idorasi Michigan shtatining Dirborn shahrida, eng katta zavodi Deytroyt shahrida joylashgan. Turli rusumdagi yengil, yuk avtomobillari, turli qishloq xoʻjaligi texnikasi (traktorlar) ishlab chiqaradi. „F.M.“ dastavval ishni arzon avtomobillarni ishlab chiqarishdan boshladi. „F.M.“da jahonda birlamchi boʻlib avtomobillarni yigʻishda standartlashtirish va konveyer usuli qoʻllandi. 8 soatlik ish vaqti joriy qilindi. „F.M.“ XX asrning 90-yillari oxiriga qadar yangi zavodlar qurish, boshqa avtomobil kompaniyalarini sotib olish hisobiga kengaydi. „F.M.“da avtomobillarning „Ford“, „Lincoln“, „Mercury“, „Jaguar“, „Aston Martin“, „Mustang“ kabi 70 dan ortiq modellari yaratildi va ishlab chiqarildi. 1996-yilga kelib „F.M.“ konveyeridan jami 250 million avtomobil chiqdi. 1998-yilda kompaniya yengil va yuk avtomobillari ishlab chiqarish hajmi boʻyicha jahonda 2-oʻrinni egalladi. „F.M.“ AQShdan tashqari dunyoning 30 mamlakatida oʻzining ishlab chiqarish, yigʻuv va savdo markazlariga, shuningdek, „Mazda Motor“, „Kia Motors Corporation“ kompaniyalari aksiyalarida ulushga ega. Ford kompaniyasi yiliga 200 milliard $ (dollar) foyda topadi.

Ford Motor Company
Turi automobile manufacturer, biznes, ommaviy kompaniya, brend va Xolding
Tarmogʻi Avtomobil sanoati
Qachon asos solingan 16-iyun, 1903-yil (121 yil avval) (1903-06-16)
Joylashuvi AQSH bayrogʻi AQSh, Dearborn
Asoschi(lari) Henry Ford
Aylanma daromadi 176 191 000 000[1]
Operatsion foydasi 5 458 000 000[1]
Boyligi 257 000 000 000
Sof foydasi 4 347 000 000[1]
Vebsayti www.ford.com




  1. 1,0 1,1 1,2 (unspecified title)