Guliston yogʻ ekstraksiya aksiyadorlik jamiyati

"GULISTON YOGʻ EKSTRAKSIYA" AKSIYADORLIK JAMIYATI - Oʻzbekiston oziq-ovqat sanoatining yirik korxonasi. Guliston shahrida joylashgan. "Yogʻmoytamakisanoat" uyushmasi tarkibiga kiradi. Asosan oʻsimlik moyi, chigit shulxasi, chigit va soya shroti, xoʻjalik sovuni, yuvish vositalari ishlab chiqaradi. Loyiha quvvatiga koʻra sutkasiga 900 t paxta chigiti, 600 t soya dukkagini qayta ishlaydi. 1980 yil may oyida Guliston yogʻ-ekstraksiya zdi nomi bilan ishga tushirilgan. 1994 yildan xrz. nomda va ochiqturdagi aksiyadorlik jamiyati. 1983 yildan forpress ekstraksiyasi usulida paxta yogʻi, gossipolsizlantirilgan va oqsil bilan boyitilgan chigit shroti olish oʻzlashtirildi. 1992 yildan import orqali olinadigan soya dukkagidan soya moyi ishlab chiqariladi. Mahsulotlari chet ellarga eksport qilinadi.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil