Ijtimoiy fikr — jamoatchilik fikrini oʻrganish markazi. Oʻzbekiston Respublikasidagi hukumatga qarashli boʻlmagan (nodavlat) ilmiy tadqiqot muassasasi. 1997-yil 25 iyunda tuzilgan.

Asosiy vazifalari:

  • inson huquqlari va erkinliklariga rioya qilinishi, siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish muammolari, shuningdek, ijtimoiy munosabatlar rivojining boshqa dolzarb masalalari boʻyicha jamoatchilik fikrini oʻrganish;
  • shu borada soʻrovlar oʻtkazish, soʻrov yakunlarini umumlashtirish va taxlil etish.

Markaz oʻzbek, rus, ingliz tillarida «Ijtimoiy fikr. Inson huquqlari» jurnalini nashr etadi. Jamoatchilik fikri monitoringini, turli marketing va boshqa amaliy tadqiqotlarni oʻtkazish; hukumat va nohukumat tashkilotlari, xalqaro tashkilotlar, oʻquv markazlari, ilm-fan vakillari ishtirokida munozara, davra suhbatlari, anjumanlar oʻtkazish markaz faoliyatining asosiy yoʻnalishi hisoblanadi.

Markazda sotsiologik tadqiqotlarni rejalashtirish, ekspertiza va tahlil, konkret sotsiologik tadqiqotlarning sotsiologik monitoringi, ishlab chiqarish-texnika, axborot va marketing boʻlimlari bor. Markazni axborot-tahliliy maʼlumot bilan taʼminlash, ijtimoiy fikr va demokratik taraqqiyot muammolarini ommaviy axborot vositalari orqali yoritish, viloyatlardagi markaz boʻlimlariga ilmiy-metodik maslahat bilan yordam koʻrsatish guruhlaridan iborat maxsus ijodiy jamoalar tuzilgan.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2017-yil