Inson va qonun
"INSON VA QONUN" - Oʻzbekiston Respublikasining huquqiy, ijtimoiy-ommabop gazetasi. Muassisi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi. 1996-yil yanvardan oyiga bir marta Toshkentda nashr etilgan. 1998-yil yanvardan mustaqil haftalik nashrga aylantirilgan. Asosiy vazifasi — jami-yatda huquqiy ong va huquq madaniya-tini shakllantirish, aholini Oʻzbekiston va jahon qonunchiligidagi oʻzgarishlar bilan tanishtirib borish, ularni tushuntirish va sharhlash, jinoyatchilik va qonunbuzarlik ildizlarini ochish va bu ishga jamoatchilik eʼtiborini qaratishdan iborat. Asosiy ruknlari: "Qonunlarni sharhlaymiz", "Huquqshunos minbari", "Sud zalidan", "Qonun va ijro", "Huquqingizni bilasizmi?", "Jinoyatchilik — illat", "Qonun barchaga barobar", "Kuch — adolatda". Adadi 6,5 ming nusxa (2002). [1]
Manbalar
tahrirBu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |