Kengash – ijtimoiy-siyosiy gazeta. Toshkent shaharda chiqqan (1917, iyun— sentyabr). Turkiston musulmonlari Markaziy shoʻrosining nashri. „Najot“ gaz.ning (1917-yil mart—iyun) oʻrniga chop etilgan. Gazetaga dastlab tarixchi olim Zakiy Validiy, keyinchalik Munavvarqori Abdurashidxonov muharrirlik qilgan. „Kengash“ Turkiston muxtoriyati gʻoyasini keng targʻib qilgan. Jami 16 soni chiqqan. 1917-yil oktyabrda „Turon“ gazeta bilan birlashib, „Turk eli“ nomi bilan nashr etilgan[1].

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil