"KOKTEM" (qozoqcha — "Koʻklam") — qozoq musiqali drama teatri. 1989-yil 9-martda Jizzax shahrida tashkil etilgan. Teatrning asoschisi va bosh rej. Turganbek Ashimov. Eng yaxshi spektakllari: "Hurmatli Iks" (Taussarova), "Aytari degen qaytari" (O. Aubakirov), "Qiz yigirmaga toʻlganda", "Ona koʻz yoshi" (T. Moldagʻaliyev), "Qozi korpesh-Bayan sulu" (F. Musirepov), "Choldan chiqqan chatoq" (O. Aubakirov). Asqar Ashimov, Zada Kenshimbayeva, Qidirtoy Moldaumetov, Rabigʻa Bisebayeva, Saule Imonbekova, Tolgʻay Iskakov, Arman Utabekov teatrning yetakchi aktyorlaridir.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil