Kospas
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
"KOSPAS—SARSAT" — dengiz kemalari va samolyotlarga oʻrnatilgan va avariya holatlarida yordamga chaqiradigan radiosignallar koordinatalarini aniqlaydigan Yer sunʼiy yoʻldoshlari (YESY) tizimi nomi; kosmik fazodan tinchlik maqsadlarida foydalanish va ularni tadqiq etish boʻyicha SSSR va AQSH oʻrtasida tuzilgan shartnoma asosida qurilgan. "K. — S." tizimining "kospas" qismi SSSRning Dengiz floti vazirligining buyurtmasi, "sarsat" qismi esa AQSH (NASA, R. Garvard nomidagi markaz), Kanada (Aloqa vazirligi) va Fransiya (Kosmik tadqiqotlar milliy markazi) ning buyurtmalari asosida shakllangan. Qutb yaqinidagi doiraviy orbitalarda parvoz qiladigan YESYlari, avariya holatidagi radiobuy, axborotlarni kabul qilish punktlari, tizim markazlarini oʻz ichiga oladi.[1]
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |