Majolis un-nafois
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
"MAJOLIS UN-NAFOIS" ("Nafislar majlislari") — Alisher Navoiy tazkirasi (1490—91; 1497—98 yilda qayta ishlangan). Turkiy tazkirachilikning ilk namunasi. Asarda 15-asrda Xuroson va qoʻshni mamlakatlarda yashagan shoir, yozuvchi va olimlar (jami 459 kishi) ijodiga oid qisqa maʼlumotlar berilgan. Maʼlumotlar yillar, geografik oʻrinlar hamda sulolaviy tartiblarga tayanib joylashtirilgan. 8 kiyem — "majlis"dan iborat. 1—2majlislarda muallifning salaflari — tazkira yozilayotgan vaqtda hayot boʻlmagan shoirlar, 3majlisda oʻziga zamondosh shoirlar haqida maʼlumotlar keltirilgan. 5—6 majlislarda Xuroson, Samarqand, Xorazm, Qarshi, Badaxshon, Qazvin, Sova, Kirmon, Sheroz va boshqa joylardan chiqqan kalam axdlari haqida; 7majlisda esa temuriylarga mansub shoirlar haqida fikr yuritilgan. 8 majlis Sulton Husayn Boyqaroga bagʻishlangan. Tazkirada shoirlarning bilim darajasi, axloqi, dunyoqarashi, mehnatga munosabati kabi xususiyatlari alohida koʻrsatilgan. Har bir shoirga berilgan tasnif uning ijodidan namuna keltirish bilan asoslangan.
Asarda badiiy ijod asosi va mohiyatini belgilovchi nazariy masalalar yuzasidan ham fikr yuritilgan: mazmun va shakl haqida fikrlar ilgari surilgan, shoirlar ijodiga baho berishda asarlarning gʻoyaviy mazmuni bilan birga badiiy mahoratiga ham eʼtibor qaratilgan. Navoiy oʻz davri adabiy muhitining qizgʻin manzarasini, adabiyotdagi poetik janr va turlar rangbarangligini koʻrsatib bergan. Asar qiziqarli va sodda, ravon uslubda yozilgan, fikrlar puxta va ixcham ifodalangan. Tazkira 15-asr oʻzbek ilmiy na-srining guzal namunasi hisoblanadi.
"M. un-n." boshqa xalqlar tillariga ham tarjima qilingan va tazkirachilik ishiga samarali taʼsir koʻrsatgan. Chunonchi, 16-asrda fors tiliga 3-marta (Faxriy Hirotiy, 1521—22, Hirot; Qazviniy, 1522—23, Istanbul; Shoh Ali, 1598, Nishopur) tarjima qilingan. Shoir Sodiqiy "M. un-n."dan il-homlanib, turkiyda "Tazkirai majma ul-xavos"ni tuzgan. "M. un-n."ning 15-asr oxiri — 16-asr boshlarida kuchirilgan bir necha nusxasi Vena, Parij, Boku, Sankt-Peterburg, Toshkent va boshqa joylarda saqlanmoqda.
Adabiyot
tahrir- Hayitmetov A., Alisher Navoiyning adabiytanqidiy qarashlari, T., 1959; Oy be k, Navoiyning "Majolis unnafois" asari haqida, 9-j., T., 1974; Mallayev N., Oʻzbek adabiyoti tarixi, 1kitob, 3nashri, T., 1976; Navoiy A., Asarlar [ 15 jiddli], 12-j., T., 1966; Navoiy, Mukammal asarlar toʻplami [20jildli], 13-j., T., 1997.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |