Nashtar — chaquvchi pardaqanotlilar urgʻochisi zahar sochuvchi organining sanchuvchi qismi. Himoya va hujum qilish organi. Tinch holatda N. qorin boʻlimining oxirgi boʻgʻimi ichida joylashadi; zarur boʻlganda tashqariga chiqariladi. N. zahar ishlab chiqaradigan bezlar bilan bogʻlangan. N.ning ostki va ustki tarnovsimon pallalari oʻrtasida nay hosil boʻladi. Zaharli suyuqlik ana shu nay orqali oʻlja yoki dushman tanasiga oqib boradi. Asalarilar N.i qirralarida mayda ilmoqchalar boʻladi. Asalari yirik hayvonlarni chaqqanidan soʻng N.ni chiqarib ololmasdan halok boʻladi. Chayonlar N. i zahar suyuqligi oqib oʻtadigan ignasimon naydan iborat boʻlib, orqa qorinning oxirgi boʻgʻimida joylashgan. [1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil