Oltin yoruq
"OLTIN YORUQ" — buddaviylikka eʼti-qod qilgan turkiy kavmlar orasida mashhur boʻlgan qad. yozma yodgorlik. Asl nomi "Suvarnaprabxasa" boʻlib, sanskrit tilidan kad. xitoy tiliga tarjima kilingan. 10-asrda Beshbaliq shahrida Sengi Seli Tudung uni xitoy tilidan qad. turkiy tilga "Oltin yoruq" nomi bilan tarjima qilgan va eski uygʻur-turk yozuvida koʻchirgan.
Oʻnta afsonani oʻz ichiga olgan "Oltin yoruq" 675 sahifadan iborat. Barcha afsonalarda ham buddaviylikning asosiy taʼlimoti ("najot topish" taʼlimoti) birinchi oʻrinda turadi. Mazmuni turlicha boʻlgan afsonalarning hammasini birlashtirib, yaxlit asar holiga keltirilishining bosh omili ham ana shu taʼlimotdir. Unda aks etgan "toʻrt oliy haqiqat" bosqichi ham Oʻrta Osiyo xalqlarining falsafiy qarashlariga mos keladi.
"Oltin yoruq"ning hozirgi turkiyshunoslar koʻp foydalanadigan nusxasi 18-asrda koʻchirilgan. Bu qoʻlyozma SanktPeterburgdagi Osiyo muzeyida sakdanadi.
"Oltin yoruq"ni 1910-yil Sharqiy Turkistonning Xansu viloyatidagi Vunshigu qishlogʻidan SE.Maloye topgan. Uning faksimile nusxasi V.V.Radlov va SE. Malov tomonidan nashr etilgan (1913— 17). Nemis olimi V.Myuller esa asarning 1920 saxifasini xitoycha asl nusxasi bilan qiyoslagan holda chop ettirgan (1913). V.V.Radlov "Oltin yoruq"ning bir kismini nemis tilida nashr qilgan (1930). Turk olimi Rashid Rahmatiy Arat "Oltin yoruq"ni transliteratsiya qilib, usmonli turk tiliga tarjima qilishni boshlagan, lekin ish nihoyasiga yet-magan. Yana bir turk olimi Cheval qoya yuqorida eslatilgan faksimile nashr asosida "Oltin yoruq"ni toʻliq transliteratsiya qilib chop ettirdi (Anqara, 1994).
Nasimxon Raxmonov.[1]
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |