Presstij
("Presstij"dan yoʻnaltirildi)
"PRESSTIJ" — ishbilarmon va tad-birkorlarning haftalik reklama jur-nali. Toshkentda 1995-yildan rus tilida nashr etiladi. Muassislar; "Mir ekonomiki i prava" nashriyot uyi va "Colik va bojxona xabarlari" gazetasi. Haftaning har dushanba kunlari 96 sahifada chop etiladi. Asosan, ishbilarmonlik, tijorat xabarlari, reklama eʼlonlari, maslahatlar, tovar bozorlari va birja koʻrsatkichlari haqida maʼlumotlar, xizmatlar turlari, ishlab chiqarish mahsulotlari, ofis xizmati va boshqa haqida eʼlonlar beriladi. Bundan tashqari, "P." markasi ostida "Chastniy sektor", "Presstij TV", "TV plyus" ilovalari ham chop etiladi.[1]
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |