"ROHAT" — oʻzbek xalq kuyi. Rost maqomining Ushshoq shoʻʼbasi asosida yaratilgan. R. dastlab jozibali dutor kuyi sifatida tanildi. Keyinchalik tanbur, rubob, chang kabi cholgʻularga ham moslashtirib ommaviylashgan. R. kuyining musiqa shakli xona va bozgoʻy, shuningdek, peshrav vositalari qoʻllanishi natijasida hosil boʻladi. Joʻshqin surʼatli uslubda ijro etiladigan R. kuyi raqsga ham joʻr boʻlishi mumkin. Mohir gʻijjakchi S. Gabrielyan tomonidan R. oʻzbek xalq cholgʻulari orkestriga moslashtirilgan.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil