"VARQA VA GULSHOH" - sevishganlar haqidagi doston. Sharq xalqlari ogʻzaki va yozma adabiyotida keng tarqalgan, samimiy sevgi va sadoqat, insoniylik va ezgulik tarannum etilgan. "V. va G." haqidagi ilk maʼlumot Ibn Qutaybaning "Kitob ul-sheʼr vash-shuaro" ("Sheʼr va shoirlar haqidakitob")ida uchraydi. "V. va G."ning mavzui 7-asrda Jan. Arabiston qabilalari orasidagi afsona va rivoyatlarda uchraydi. Biroq ularda Varqa va Gulshoh nomlari yoʻq. Ushbu nomda Ayuqiy, Abu Nosir Jomiy, Yusuf Maddoh, Mullo Ahmadjon, Masiqiy va b. shoirlar asar yaratganlar. Xalq ogʻzaki ijodida ham dostonning turli variantlari bor. Ularda oshiq-maʼshuqning fojiali taqdiri hikoya qilinadi. Yori visoliga yetisholmagan Varqa alam-iztirobda vafot etadi. Uning qabri tepasida Gulshoh ham jon beradi. Qabrlar ustidan ikki tup daraxt oʻsib chiqib bir-biriga chirmashib ketadi. Bir avliyo tilovati bilan oshiq-maʼshuqlar tirilib, murod-maqsadlariga erishadi. Bu mavzu turli variantlarda turlicha bayon qilinadi. "V. va G."ning forschadan oʻzbek tiliga nasriy va sheʼriy tarjimalari bor. Folklor varianti baxshi Rahmatulla Yusuf oʻgʻlidan yozib olingan.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil