Vir
("Vir"dan yoʻnaltirildi)
"VIR" — vinobop uzum navi. Hoz. Oʻzbekiston oʻsimlikshunoslik institutida Tavkveri navi bilan Ptibushe navini chatishtirib chiqarilgan. Tupi kuchli oʻsadi. Guli ikki jinsli. Bargi oʻrtacha (boʻyi 13—15 sm, eni 12—13 sm), toʻgarak, chuqur kertikli, besh boʻlakli, yuzi silliq. Cheti arra tishli. Orqasida tuklari bor. Uzum boshi oʻrtacha (boʻyi 13—15 sm, eni 8—10 sm), silindrsimon, oʻrtacha tigʻiz, ogarligi 160—180 g . Gʻujumi oʻrtacha, dumaloq, qora, sershira, etidan olcha taʼmi keladi, poʻsti yupqa. Avgust oxiri — sentyabr boshida pishadi, tarkibidagi qand 24—26%. Hosildorligi 250—300 s/ga. Bu navdan yuqori sifatli desert vinolar tayyorlanadi. Toshkent va Samarqand viloyatlarida tarqalgan.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |