Yosh turkiston

Mustafo Choʻqay tomonidan xorijda chiqarilgan jurnal
("Yosh turkiston"dan yoʻnaltirildi)

Yosh Turkiston („Yas Turkistan“) – Mustafo Choʻqay tomonidan xorijda nashr etilgan ijtimoiy-siyosiy jurnal.

Parijda turkiy tilda, arab alifbosida chop etilgan (1929—39). 117 ta soni (baʼzilari qoʻshma son) nashrdan chiqqan. U muxrjirotdagi turkistonliklar mablagʻi bilan nashr etilgan. Jur.ga Mustafo Choʻqay muharrirlik qilgan. Tohir Chigʻatoy, Abduvahob Oʻqtoy, A. Toshkentli, Usmon Xoʻja va Validiy faol qatnashdi. Jur.ni tashkil etishdan maksad sovet mustabid tuzumi kirdikorlarini fosh etish, mustamlakachilik siyosati oqibatida Turkistonda yuz berayotgan fojialar xususida oshkora soʻz yuritish, shu yoʻl bilan jahon afkor ommasining eʼtiborini oʻlkaga qaratishdan iborat boʻlgan. Jur. sahifalaridan oʻrin olgan maqolalarda oʻsha kezlari oʻlkada dolzarb boʻlgan qator ijtimoiy, siyosiy va iqtisodiy muammolar haqida soʻz yuritilgan. Xalqni yurt ozodligi uchun kurashga daʼvat etilgan. Jur. da adabiybadiiy asarlarga ham keng oʻrin ajratilgan. Abdurauf Fitrat, Abdulhamid Choʻlpon, Magʻjon Jumaboy, Elbek, Abduvahob Oʻqtoy kabi adiblar va havaskor shoirlar ijodidan namunalar berilgan. hozirgi „YO. T.“ning toʻliq taxlami NyuYorkdagi Kolumbiya universiteti, Berlin universiteti, Anqaradagi AyozTohir Turkiston IdilOʻrol vaqfi kutubxonalarida saqlanadi. Usmon Xoʻjaning oʻgʻli Temur Xoʻja „YO. T.“ning 1929—30-yillarga oid qismini bir kitob shaklida qayta nashr qildirdi (Istanbul, 1997, 1jildi).

Norali Ochilov.[1]

Yana qarang

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil