"YOZI BILAN ZEBO" — oʻzbek xalq dostoni. Dostonda chorvador Poyondaboyning qizi Zebo bilan xizmatkor Yozining ishqiy sarguzashtlari aks etgan. Mehnat va muhabbat, vafo va sadoqat tuygʻulari, sevgida mard, sabotli boʻlish, inson erki, baxtsaodati uchun kurash gʻoyalari bilan chatishib ketadi. "YO. bilan 3." parchalari dehqonchilik bilan bogʻliq ishlarda mehnat qoʻshiqlari sifatida kuylanadi. Doston oʻzining xalqchil ruhi, insonparvarlik gʻoyalari bilan tinglovchi va oʻquvchilarga maʼnaviy va axloqiy zavq bagʻishlaydi. Bu doston parchalarini kuylovchilar yozigoʻy, yozichi, yozikash deb ataladi. Yigirmadan ortiq varianti yozib olingan. Nisbatan toʻla varianti Qodir baxshi Rahimovga taalluklidir (1936—86). Dostonning bir necha nusxalar asosida tayyorlangan yigʻma varianti nashr qilingan (1962).[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil