Åkrahamn — (odatda Åkra nomi bilan tanilgan) Norvegiyaning Rogaland okrugidagi Karmoy munisipalitetidagi kichik shaharchalardan biri. Shahar Haugaland tumanidagi, Karmoy orolining janubi-g'arbiy tomonida joylashgan. Kopervik shahridan taxminan 5 km (3,1 milya), g'arbda Skudeneshavn shahridan 12 km (7,5 milya), shimolda Haugesund shahridan 25 km (16 milya), Veavågen qishlog'ining shimoli-sharqida joylashgan[1].

Åkrehamn
Shahar
59°15′37.1″N 5°11′8.2″E / 59.260306°N 5.185611°E / 59.260306; 5.185611
Mamlakat Norvegiya
Mintaqa G'arbiy Norvegiya
Viloyat Rogaland
Tuman Haugaland
Asos solingan 2002
Maydon 4.35 km2 (1.68 kv mi)
Markazi balandligi 7 m
Aholisi
 (2019)
7 873
Zichligi 1810 kishi/km2
Pochta indeks(lar)i 4270 Åkrehamn
Åkrehamn xaritada

Shahar aholisi 2019-yil holatiga ko'ra 7,873 kishi va aholi zichligi 1 km2ga 1810 kishi (4700/kv milya) to'g'ri kelgan[2]. Åkrehamn qishlog'i 2002-yildagi qabul qilingan qonunga ko'ra shahar maqomini berildi. Shahar maqomini e'lon qilganidan keyin, Åkrehamn gullab-yashnadi va hozir Karmoy munitsipalitetidagi Kopervikdan keyin, ikkinchi yirik shahar hisoblanadi. Norvegiyaning yaxshi iqtisodiyoti Akrehamnga kapital va investitsiyalar olib keldi va so'nggi bir necha yil ichida shahar kengaytirildi. Hududda katta hashamatli turar uy-joylar, savdo komplekslari qurilib, sanoatning yangi sohalari ishga tushirildi[3].

Åkrehamn shimoliy qismida Sævelandsvik eski baliqchi qishlog'i bo'lib. U Mannes deb nomlangan har tomonlama rivojlangan port hududida joylashgan. Bu hududning iqtisodiyoti baliqchilik va boshqa kichik sanoat tarmoqlariga asoslangan yirik qishloq bo'lgan[4][5].

Yana qarang

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. Store norske leksikon. „Åkrehamn/Vedavågen“ (norvegcha). Qaraldi: 30-oktabr 2015-yil.
  2. Statistisk sentralbyrå. „Urban settlements. Population and area, by municipality“ (2019-yil 1-yanvar).
  3. Falkeid, Kolbein. Haugalandet: Ferd i folk og natur. Wigestrand Forlag, 1999. 
  4. „Saevelandsvik“. Chaletino.com. 4-mart 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 15-aprel 2015-yil.
  5. Store norske leksikon. „Sevlandsvik“ (norvegcha). Qaraldi: 11-noyabr 2015-yil.

Havolalar

tahrir