Chuqur
Chuqur (turkcha: Çukur) – Ay Yapım tomonidan suratga olingan va rejissori Kerem Çatay, ssenariy mualliflari Gökhan Horzum va Damla Serim boʻlgan turk drama va jangari filmi. Ilk qismlari 2017-yil 23-oktabrda premyera qilingan va suratga olish ishlari hozirga qadar davom etmoqda.[1][2][3]
Chuqur | |
---|---|
Serialning afishasi | |
Turi | Serial |
Janri |
Drama Jangari film |
Yaratuvchi(lar) | Sinan Öztürk |
Rejissyor | Kerem Çatay |
Ssenariynavis(lar) |
Gökhan Horzum Damla Serim |
Rollarda | |
Bastakor(lar) | Toygar Işıklı |
Qismlar boshidagi musiqa | "Çukur Jenerik" |
Mamlakat | Turkiya |
Til | turkcha |
Mavsumlar soni | 4 |
Qismlar soni | 128 |
Ishlab chiqarish | |
Joy | Istanbul |
Kinematografiya | Ay Yapım |
Efirga uzatilishi | |
Telekanal | Show TV |
Tasvir formati | 576i (HDTV), (1080i) |
Translyatsiya davri | — hozir |
Holati | fasl tanaffusi |
Tashqi havolalar | |
Rasmiy sayti |
Mavzusi
Istanbulning Chuqur deb atalgan mahallasining noqonuniy boshqaruvi Kochovali oilasining qoʻlida edi. Oila, hatto jinoyatchilikka shu qadar yaqin boʻlsa ham, oʻz qoidalariga ega. Ushbu qoidalardan biri giyohvand moddalarni mahalla ichida isteʼmol qilish yoki yetishtirish, olib chiqish va olib kirishning taqiqlanishdir. Bu mahallada giyohvandlik bilan shugʻullanishmaydi. Ammo yangi boshqa-boshqa jinoiy guruhlar mahalla boshqaruvini oʻz qoʻliga olishga harakat qiladilar.
Suratga olish
Suratga olish jarayoni Istanbulning Fotih tumanida amalga oshirildi[4]. Shuningdek, birinchi mavsumning birinchi va ikkinchi qismlarida baʼzi sahnalar Fransiya poytaxti Parijda, uchinchi mavsumning baʼzi sahnalari Germaniya poytaxti Berlinda boʻlib oʻtdi[5][6].
Aktyorlar
Asosiy rollar
- Yamaç Koçovalı (Aras Bulut İynemli): Kochovali oilasining eng kichik oʻgʻli va oila lideri.
- Sultan Koçovalı (Perihan Savaş): Kochovali oilasining onasi.
- Vartolu Sadettin / Salih Koçovalı (Erkan Kolçak Köstendil): (Erkan Kolçak Köstendil): Kochovali oilasining noqonuniy oʻgʻli.
- Cumali Koçovalı (Necip Memili): Kochovali oilasining eng katta oʻgʻli.
- Aliço (Rıza Kocaogʻlu): Autizm kasalligi bor. Kochovali oilasining koʻchadagi koʻz va qulogʻi.
- Akın Koçovalı (Burak Dakak): Selimning oʻgʻli.
- Efsun Kent (Damla Sönmez): Baykalning qizi, Yamaçning rafiqasi.
- Cumali Koçovalı (Amca/Amaki) / Halil İbrahim Gökçetaş (Müfit Kayacan): İdris Koçovalıning akasi.
Yordamchi rollar
- Emmi (Kadir Çermik): İdrisning bolalikdan doʻsti.
- Celasun (Kubilay Aka): Mahallaning yoshlaridan. Kochovalilarning odami.
- Medet (Mustafa Kırantepe): Vartoluning adami.
- Metin (Cem Uslu): Kamolning akasi. Kochovalilarning adami.
- Meke (Aytaç Uşun): Mahallaning yoshlaridan. Kochovalilarning adami.
- Karaca Koçovalı (Ece Yaşar): Selim ve Ayşeʼning qizi.
- Ayşe Yılmaz (İrem Altugʻ): Selimning sobiq xotini.
- Saadet Koçovalı (Boncuk Yılmaz): Vartoluning bolalikdagi sevgilisi va ularning İdris ismli bolalari bor.
- Damla Koçovalı (Hare Sürel): Uluçning qizi. Cumali bilan turmush qurgan.
- Akın Koçovalı (Burak Dakak): Selim ve Ayşeʼning ogʻli. Boshida dadasi va amakilariga qarshi boʻlsada, keyinchalik ular bilan birga harakat etadi..
- Nehir (Hazal Subaşı): Yamaç jindixonada uchrashadigan qiz. Yamaç bilan sevishadi va homilador boʻladi.
- Murtaza (Ferit Kaya): Paşaʼning eski shogirdi.
- Emir Varol (Ugʻur Aslan): Gazetachi. Çagʻatay Erdenetning iflos ishlarini oshkor qilishga harakat qiladi.
- Arık Böke Erdenet (Barış Arduç): Çagʻatayning ukasi.
Fasl va qismlar
Fasl | Qismlar | Efirga uzatish tarixi | |||
---|---|---|---|---|---|
Birinchi qism | Oxirgi qism | ||||
1 | 33 | 23-oktabr 2017-yil | 11-iyun 2018-yil | ||
2 | 34 | 17-sentabr 2018-yil | 27-may 2019-yil | ||
3 | 26 | 16-sentabr 2019-yil | 20-aprel 2020-yil | ||
4 | 37 | 7-sentabr 2020-yil | TBA |
Kitob
Serialning ssenariy muallifi boʻlgan Gökhan Horzum 2019-yil oktabr oyida „Yamaç'ın Dönüşü – Çukur“ deb nomlangan serialning birinchi mavsumi haqida kitob nashr etdi[7].
Belgisi
Chuqur belgisi <•••> filmdagi Chuqur mahallasining ramzi hisoblanadi. U filmdagi qahramonlarning barchasiga tatuirovka qilib tushiriladi. Filmda bu mahalla aʼzoligining dalili sifatida koʻrsatiladi. Mahalla koʻchalari, uylar devorlariga ham ushbu belgini chizib ketish urf boʻladi. Shu tomoni bilan boshqa seriallardan Chuqur ajralib turishi koʻzda tutilgan. Belgiga quidagicha taʼrif beriladi: Eng ustki strelka tomni bildiradi. Yaʼni mahalla aʼzolari bir tom ostida birlashishiga ishora. Biror kishi yordam soʻrab borganida boshqalar shu belgi orqali unga boshpana berishi kerak. Yuqoridagi birinchi nuqta uy ichidagi oilani bildiradi. Ular ota-ona, opa-singillar, aka-ukalar, rafiqa. Ikkinchi oʻrtadagi nuqta mahalla ichidagi doʻstlar, qoʻshnilar, sheriklar. Ular doim yordam berishadi. Uchinchi pastki nuqta bu Koʻchavalilar. Ular Chuqurni va undagi odamlarni himoya qilishadi. Pastki strelka bu Chuqur. Ramzdan kelib chiqadigan umumiy mazmunga koʻra, ustimizda tom, pastimizda Chuqur, bu orada oilamiz, doʻstlarimiz, yaqinlarimiz bor ekan, bu dunyodan abadiy yoq boʻlib ketmaymiz deb tahlil qilinadi[8].
Manbalar
- ↑ „Çukur oyuncuları kimdir? Çukur dizisi oyuncu kadrosu ve konusu! İşte karakter analizleri“. 16 agʻustos 2019da asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „'Çukur' bu akşam izleyiciyle buluşuyor“. 2 ocak 2020da asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Çukur: 10 adımda Yamaç Koçovalı’yı tanıyalım…“. 16 agʻustos 2019da asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Koçova Mahallesi nerede? Çukur nerede çekiliyor?“. 19 nisan 2018da asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Heyecanla beklenen ʻÇukur’un ilk fotogʻrafları Paris’ten!“. 21 haziran 2019da asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Çukur'da Vartolu ve Medet, Berlin sokaklarında“. 18 aralık 2019da asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Horzum’dan ʻÇukur’ kitabı“. 13 kasım 2019da asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ Archived from the original on 19 April 2018. Retrieved 17 January 2020. „"Koçova Mahallesi nerede? Çukur nerede çekiliyor?"“.