Twitter (talaffuzi: Tvitter) — onlayn ijtimoiy-axborot xizmati. Twitter qoʻllanuvchilariga 140 ta harf qoʻllanishga imkoniyat beradi. Shu kunlarda Twitter dunyodagi eng muhim ijtimoiy-axborot tarmogʻiga aylanib ulgurgan. Twitter maʼlumot almashishda eng operativ qurollardan biri boʻlganligi uchun bu sohada u katta inqilobga sabab boʻldi. Shu bois ham bugungi kunda dunyoda yuz berayotgan siyosiy va ijtimoiy oʻzgarishlarga Twitter katta rol oʻynamoqda.[1]

Twitter, Inc.
Twitter logosi (2021).png
Sayt turi Ommaviy
Roʻyxatdan oʻtish Majburiy
Qaysi tillarda Koʻp tillik
Muassisi Elon Musk
Muallifi
Ochilgan sanasi 21-mart, 2006-yil (16 yil avval) (2006-03-21)
URL Twitter.com

Sayt tarixiTahrirlash

Twitter 2006-yil mart oyida Jek Dorsey tarafidan yaratilgan. Jek Dorsey ushbu mikroblog orqali oʻzining ilk xabarini yoʻllagan edi. Dorseyning 2006-yilning 21-martida San-Fransiskodagi hamkasblariga joʻnatgan ushbu xabari qisqagina „Hamkasblarga taklif“ jumlasidan tashkil topgan edi. Keyingi uch yil ichida Twitter orqali joʻnatilgan tvitlar — 140 belgigacha boʻlgan xabarlar soni 1 milliardga yetdi.

Tender (ing . tend — xizmat koʻrsatish) — 1) ochiq turdagi (ochiq T.) yoki cheklangan sondagi ishtirokchilar uchun yopiq turdagi (yopiq T.) raqobatli savdosotiq; buyurtmani joylashtirishning tanlov shakli; 2) qimmatli qogʻozlarga obuna boʻlish, muddatli shartnoma boʻyicha tovarlar yetkazib berish, shartnomalar tuzish toʻgʻrisidagi ariza, yozma taklif; 3) xalqaro bozorda mashinauskunalar xarid etish, qurilishmontaj ishlarini bajarish, injiniring xizmatlari koʻrsatish uchun tanlov asosida buyurtmalar berish. Oʻzbekiston iqtisodiyotida bozor munosabatlarini shakllantirishda va rivojlantirishda T. keng qoʻllaniladi. Davlat tasarrufidan chiqarilgan korxonalar aksiyalarining yirik paketlarini sotishda, katta qurilish ishlarini olib borishda, xalqaro loyihalarini amalga oshirishda T. eʼlon qilinadi. Savdoni tashkil etish uchun vaqtinchalik organ boʻlgan T. qoʻmitasi tuziladi.

Yana qarangTahrirlash

  • Telegram
  • Facebook

ManbalarTahrirlash

HavolalarTahrirlash