Prezident
Prezident (lotincha: "pre"(avval) va "sedere" (oʻtirmoq) oʻzb. "oldinda oʻtirgan"):
1) hozirda koʻpchilik (respublika shaklida idora qilinadigan) mamlakatlarda saylab qoʻyiladigan davlat boshligʻi. BMTga aʼzo boʻlib kirgan 189 mamlakatning 140 dan ortigida prezidentlik lavozimi joriy qilingan (2000). Bunday boshqaruv shakli ilk bor AQShda 1787-yil vujudga kelgan. Oʻzbekiston tarixida birinchi marta prezidentlik lavozimi 1990-yil 24-martda taʼsis etildi. 1991-yil 29-dekabrda esa alternativ asosda oʻtkazilgan umumxalq saylovida I.A. Karimov Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti etib saylandi (qarang Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti);
2) ayrim ilmiy va jamoat tashkilotlarida, partiyalar, jamiyatlar, uyushmalar (shu jumladan, xalqaro uyushmalarda ham) ijrochi organ boshlig'i[1].
Yana qarangTahrirlash
ManbalarTahrirlash
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |