Rapanui (Rapa Nui.: Rapa Nui) yoki Pasxa oroli (ispancha: Isla de Pascua) — Tinch okeanning sharqiy qismidagi vulkan oroli. Jan. Amerikadan 3000 km uzoqlikda, Chili hududi. Maydoni 165,5 km². Orol uchburchak shaklda boʻlib, har bir uchida vulkanlar bor: Rano-Aroi (539 m, orolning eng baland joyi), Katiki (377 m) va Rano-Kao (324 m). Qirgʻokdari qoyali. Iqlimi subtropik, sernam iqlim. Oʻrtacha oylik temperatura 16—23°. Yiliga 1300 mm yogʻin yogʻadi. Asosan, oʻt oʻsimliklari usadi. Tropik dehqonchilik qilinadi. Baliq ovlanadi, qoʻychilik rivojlangan. Maʼmuriy markazi — Xangaroa. Pasxa orolini 1722-yilda golland dengizchi sayyohi Ya.Roggeven pasxa bayrami kuni kashf qilgan. 1888-yildan Chili tarkibida. Orolda pasxaliklarning qad. madaniyat qoldiklari — tosh xaykallar, yozuvlar bitilgan taxtachalar sakdangan. Pasxa orolida 1955—56ylarda T.Xeyerdal rahbarligida Norvegiya—Amerika ekspeditsiyasi arxeologik qazishmalar oʻtkazdi. Tadkiqotchilar fik-richa, orolning dastlabki aholisi Pe-rudan kuchib borgan. 15-asrda Pasxa oroliga Markiz slaridan polinezlar borib oʻrnashgan. Ular 17-asrda orolning dastlabki aholisini butunlay kirib tashlagan.[1]

Pasxa oroli
RapaNui L7 03jan01.jpg
Geografiya
maydoni 164 km2
Eng baland balandlik 242 va 211 m.
eng baland nuqtasi Terevaka
Administrasiya
davlat Chili
Mintaqa Rapa Nui Commune
Demografiya
aholisi 7750
Qo'shimcha ma'lumot
Pasxa oroli

ManbalarTahrirlash

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil