BTS
BTS (koreyscha: 방탄소년단; Bangtan Boys nomi bilan ham tanilgan) – HYBE korporatsiyasi shoʻba korxonasi boʻlgan BIGHIT MUSIC tomonidan 2010-yilda tashkil etilgan Janubiy Koreyalik oʻgʻil bolalar guruhi. Guruh aʼzolari 7 kishida iborat: Jin, Suga, J-Hope, RM, Jimin, V va Jung Kook. Ular oʻz materiallarining koʻp qismini birgalikda yozadi va birgalikda ishlab chiqaradi. Guruh ijodi dastlab hip-hop janriga asoslangan boʻlib, ularning musiqiy uslublari turli janrlarni oʻz ichiga olgan holda rivojlanib kelmoqda. BTSning qoʻshiqlarida koʻpincha ruhiy salomatlik, maktab yoshidagi yoshlar va balogʻatga yetishish muammolari, yoʻqotish, oʻz-oʻzini sevish va individualizm kabi mavzular yoritib boriladi.
BTS koreyscha: 방탄소년단 | |
---|---|
![]() BTS 2022-yilda 31-mayda Vashingtondagi Oq uyda | |
Umumiy maʼlumot | |
Kelib chiqishi | Seoul, Janubiy Koreya |
Leybl | |
Aʼzolar | |
Janr | K-pop, Pop, Hip-hop, R&B va EDM |
Faoliyat yillari | 13-iyun, 2013-yil | ) – hozirgacha
Veb-sayt |
Rasmiy sayti ![]() |
2014-yilda guruhning koreys tilidagi Dark & Wild nomli studia albomi hamda yapon tilidagi Wake Up nomli albomlari dunyo yuzini koʻrdi
Maʼlumot uchun, BTS guruhi 2013 yilda tashkil topgan boʻlib, avvaliga Janubiy Koreyada, keyin esa butun dunyoda mashhurlikka erishgan. „The Time“ nashri 2017 yilda guruh yigitlarini „Tarmoqdagi eng nufuzli 25 shaxs“ roʻyxatiga kiritgan.
BTSning muxlislari ARMY deb ataladi. ARMY soʻzi Adorable Representative M.C for Youth (oʻzbekcha: Yoshlar uchun yoqimli M.C vakili) soʻzlarining qisqarmasidan olingan.
Manbalar tahrir
- ↑ „ja:シングル「血、汗、涙」を5月10日にリリース!“ [The single "Blood, Sweat, Tears" will be released on May 10th!] (ja). Universal Music Japan (23-mart 2017-yil). 24-mart 2017-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 24-mart 2017-yil.
Havolalar tahrir
Vikiomborda BTS haqida turkum mavjud |