Telegram
Telegram — tezkor xabar almashish vositasi. Foydalanuvchilar matn xabarlashuvdan tashqari bir-birlariga 2 GB gacha boʻlgan tasvir, video, audio va har xil fayllar yuborishlari hamda ovozli va video qoʻngʻiroqlarni amalga oshirishlari, kanal va guruhlarda ovozli hamda video chatlarda qatnashishlari mumkin.
Telegram | |
![]() | |
Muallif | |
---|---|
Ishlab chiqaruvchi | Telegram FZ LLC, Telegram Messenger Inc. |
tashkil topdi: | 13-mart, 2013-yil | )
Eng so‘nggi versiyasi | 8.4.4 (Desktop — 3.4.8) |
Platforma | Android, iOS, Windows Phone, Windows NT, macOS, Linux, Veb platforma |
Janr | Xabar almashgich |
Litsenziya | GNU GPLv2 yoki GPLv3 |
Vebsayt: | telegram.org |
Dastur Google, Android, Apple iOS, Microsoft Windows, Blackberry, MacOS, Linux va Windows Phone uchun mavjud.
Telegram foydalanuvchilari oʻz mobil telefon raqamlari orqali roʻyxatdan oʻtadilar. „Telegram“ loyihasi Pavel Durov tomonidan oʻylab topilgan.
Dunyodagi eng tezkor xabar almashish ilovasi. Bu bepul va xavfsiz.
TarixiTahrirlash
Telegram 2013-yilda aka-uka Nikolay va Pavel Durovlar tomonidan ishlab chiqilgan. 2013-yilning oktabr oyida Telegramda kunlik 100,000 foydalanuvchi bor edi. 2014-yil 24-martda esa Telegram oʻzida 35 million oylik va 15 million kunlik foydalanuvchisi borligini eʼlon qildi.[manba kerak] 2014-yil dekabr oyida Telegram kunlik 1 milliard xabar yuboradigan 50 million foydalanuvchisi borligini va auditoriyasi haftasiga bir millionga koʻpayayotganini eʼlon qildi.
2018-yil martida Telegram 200 millionlik oylik faol foydalanuvchiga erishdi. Oʻtgan yili, 2020-yil aprel oyida 400 million faol foydalanuvchiga erishganligini maʼlum qildi. 2021-yil yanvar oyi esa bu koʻrsatkich 500 milliondan oshdi.
Ushbu foydalanuvchilar oʻsishi sababli esa Telegram Sentabr oyida maʼlumotlar saqlash formatini int32'dan int64'ga oʻtkazdi. Bu esa eski versiyalarni qoʻllab-quvvatlashni toʻxtatish majburiyatini hosil qildi va Dekabr oyida eski versiyalar ishlashdan to'xtadi.
2013-yil 14-avgustda iOS kompaniyasi Apple foydalanuvchilariga „Telegram“ dasturini taqdim qildi. Shu yili 22-avgustda esa Android foydalanuvchilari bu dasturda foydalana boshlashdi.
Telegram dasturi MTProto protokoli asosida ishlaydi.
Telagram messenjeri obligasiyalar sotish orqali 1 milliard dollarlik sarmoya jalb qildi. Durovning maʼlum qilishicha, Telegramʼning asosiy maqsadi kelajakda oʻnlab yillar yoki asrlar davomida insoniyatga xizmat qilishi mumkin boʻlgan moliyaviy barqaror loyihaga aylanish boʻlib, 1 milliard dollar sarmoyaning jalb qilingani ushbu maqsadga erishish yoʻlidagi yana bir qadam boʻlgan. Investorlar orasida BAAning «Mubadala Investment Company» hamda «Abu Dhabi Catalyst Partners» kompaniyasi bor[1].
YangilanishlarTahrirlash
Telegram dasturi 2021-yil mart oyida cheksiz foydalanuvchilarni qoʻshgan holda muloqot qilish imkonini beruvchi ovozli chatni taqdim etdi[2]. Iyul oyida esa 30 kishiik videokonferensiyasida har bir ishtirokchi oʻz ekranidan skrin koʻrsata olish imkoniyatiga ega boʻldi[3]. Avgust oyi oxirida esa Telegram Ovozli va Video chatlarni Jonli efirlar[4] deya nomladi. Sentabr oyidagi yangilanishda esa Jonli efirlarni yozib olish imkoniyatini ham taqdim etdi[5]. Shunday qilib biz 2021-yilni Rekasiyalar, Yashirin matn, Tarjimon va QR-Kodlar bilan tugatdik.[1]
2022 -yil mart oyida telegram yana bir yangilanishni e’lon qildi. Bunda ko’ra telegram botlarini yaratishda yangi dasturlash tili (JavaScript) qo’shildi. Endi telegram botlar saytlardan deyarli farq qilmaydi deb xabar qiladi telegram o’r rasmiy saytida. Bundan tashqari telegram yangi emojilar, stikerlar va to’g’ridan to’g’ri kanallar va guruhlardagi postlarni telegramdan chiqmagan xolatda boshqa tillarga tarjim qilish imkoniyati ham yaratdi.
ManbalarTahrirlash
- ↑ „Telegram облигациялар сотиш орқали 1 млрд доллар сармоя жалб қилди“ . Bugun.uz. Qaraldi: 23-mart 2021-yil.
- ↑ „Telegram яна бир янги функцияни ишга туширади“ . Bugun.uz. Qaraldi: 2021 йил 12 март.
- ↑ „Telegram янги функцияларни ишга туширди“ . Bugun.uz. Qaraldi: 2021 йил 31 июль.
- ↑ „Jonli efirlar, moslashuvchan uzatish sozlamalari, kanallar orasida tezkor oʻtish va ommabop stikerlar“ . telegram.org. Qaraldi: 2021-yil, 31-avgust.
- ↑ „Chat mavzulari, interaktiv emojilar, guruhlarda oʻqilganlik hisobotlari va jonli efirni yozib olish“ . telegram.org. Qaraldi: 2021-yil, 19-sentabr.
HavolalarTahrirlash
- Rasmiy sayti
- Telegram versiyalari roʻyxati (ingl.)
- API Telegram (ingl.)
- Telegram. Pavel Durov tomonidan yaratilgan eng tez xabarlashuv dasturi Arxivlandi 2015-04-02 Wayback Machine saytida. (rus.)