Microsoft
Microsoft Corporation — Amerikaning ko'pmillatli texnologiya kompaniyasi bo'lib, shtab-kvartirasi Vashington shtatining Redmond shahrida joylashgan. U kompyuter dasturlari, maishiy elektronika, shaxsiy kompyuterlar va tegishli xizmatlarni ishlab chiqarish, litsenziyalashtirish, qo'llab-quvvatlash va sotish bilan shug'ullanadi. Uning eng mashhur dasturiy mahsulotlari bu Microsoft Windows operatsion tizimlari liniyasi, Microsoft Office to'plami, Internet Explorer va Edge veb-brauzerlaridir. Shu bilan birga MSN, Xbox dasturlarini rivojlantirish bilan shug'ullanadi. Kompaniyaga 1975 yil 4 aprelda Bill Gates va Paul Allen tomonidan Albuquerque, New Mexico shtatida asos solingan. Bu kompaniya turli hil hisoblash mashinalari uchun dasturiy taminot ishlab chiqaradi. Jumladan: Shahsiy kompyuter, KPK, o'yin pristavkalari, mobil telefonlar va boshqalar uchun, hamda hozirgi kunda butun dunyoga mashhur bo?lgan 'Windows' Dasturiy platformasining asoschisidir.
![]() | |
Turi | Ochiq |
---|---|
Joylashuvi | Dunyo bo'ylab |
Asoschi(lar)i | |
Direktori | Satya Nadella (2014 - ) |
Mahsulot(lar)i | |
Daromad |
![]() |
Ishchilar soni |
![]() |
Vebsayti | https://www.microsoft.com |
Til(lar)i | Ingliz, Rus, Fransuz, Nemis, Koreys, Yapon va boshqa tillar |
Kompaniya Xbox o'yin konsolini hamda shahsiy kompyuterlar uchun aksessuarlar ham ishlab chiqaradi. Bundan tashqari 2012-yildan boshlab o'zining planshet-kompyuteri - Surface va uning taxriri Surface RT ni ishlab chiqarmoqda
Hozirda Microsoft mahsulotlari dunyoning 80 dan ortiq davlatlarida sotilmoqda, dasturlari esa 45 dan ortiq tillarga tarjima qilingan.
Hozirgi kunda kompaniyaning 90 ming dan ziyod ishchi va aʼzolari bor.