Bill Gates
William Henry Gates III (talaffuzi: Uilyam Henri Geyts Uchinchi; 1955-yil, 28-oktabrda tug‘ilgan) yoki Bill Gates (talaffuzi: Bill Geyts) amerikalik ishbilarmon va filantropdir. Gates Paul Allen bilan birgalikda hozirda jahonning eng yirik komputer software kompaniyasi boʻlmish Microsoft'ga asos solgan va bugunda uning raisidir. U dunyoning eng badavlat kishilari roʻyxatida koʻp yillar davomida birinchi boʻlib turgan.[1] Gates qoʻlida Microsoft ulushining 6,4 foizi mavjud.[2] U shuningdek bir necha kitoblar muallifi hamdir.
Bill Gates | |
---|---|
![]() Bill Gates Jahon Iqtisodiy Forumida (2012) | |
Tugʻilishi |
William Henry Gates III 28-oktabr 1955-yil (65 yosh) |
Shaxsiy komputer inqilobining yirik arboblaridan biri boʻlgan Gates monopoliyada ayblanib tanqid etilgan.[3] Shu bilan birgalikda Gates koʻplab ehsonlar qilgan: 2000-yilda rafiqasi bilan tuzgan Bill & Melinda Gates Foundation jamgʻarmasi orqali tibbiy va ilmiy tadqiqotlarga $36 milliarddan oshiq xayriya ulashgan.[4][5]
Gates 2000-yil yanvarida Microsoft bosh ijrochi direktori lavozimidan voz kechib, raislikka oʻtdi. 2006-yil iyunida u Bill & Melinda Gates Foundation jamgʻarmasida ishlashini eʼlon qildi. 2008-yil 27-iyunida Gates Micorosoft'dagi oxirgi toʻliq ish kuniga chiqdi. Hozirda u kompaniya ishlariga deyarli aralashmaydi.
Turmush oʻrtogʻi Melinda Gates'ga 1994-yili uylangan. Uch farzandi bor: qizlari Jennifer Katharine (1996-yil t.) va Phoebe Adele (2002-yil t.) hamda oʻgʻli Rory John (1999-yil t.). Bill Gates dindor emas, oʻzini agnostik deb taʼriflaydi.Hozirgi kunda boyligi bo'yicha "Amazon" yetakchisi Jeff Bezosdan keyin 2-o'rinda turadi.Malu'motlarga qaraganda Bill Geyts har daqiqada 6659$ ishlab topar ekan (2006-yil) Umumiy boyligi 88.9 mlrd $ ni tashkil qiladi (2017-yil) Faqatgina dunyoning 18ta davlatining boyligi Bill Geytsning boyligidan koʻproq ekan [6][7]
ManbalarTahrirlash
- ↑ Wahba, Phil (September 17, 2008). "Bill Gates tops U.S. wealth list 15 years in a row". Reuters. Archived from the original on 2012-09-16. http://archive.is/20120916/http://www.reuters.com/article/rbssTechMediaTelecomNews/idUSN1748882920080917. Qaraldi: November 6, 2008.
- ↑ [1]
- ↑ Manes, Stephen (1994). Gates: How Microsoft's Mogul Reinvented an Industry and Made Himself The Richest Man in America. Touchstone Pictures. ISBN 0-671-88074-8.
- ↑ http://www.gatesfoundation.org/Pages/home.aspx. Asl nusxadan arxivlandi (2012-05-23).
- ↑ Bill Gates Money How Much of it Does He Give Away?
- ↑ Bill Gates. Nndb.com. Asl nusxadan arxivlandi (2012-05-24). May 11, 2011.
- ↑ Warren Buffett "Agnostic," Bill Gates Rejects Sermon On The Mount, Not "Huge Believer" In "Specific Elements" Of Christianity. Archive.theamericanview.com (January 13, 1996). Asl nusxadan arxivlandi (2012-07-01). October 24, 2011.
HavolalarTahrirlash
Wikimedia Commonsda Bill Gates mavzusiga oid fayllar bor. |
- Microsoft.comda Bill Gates profili
- Forbes:Dunyoning eng boy kishilari
- Bill va Melinda Gates Jamgʻarmasi
- Bill Gates shaxsiy sayti