Melinda Gates
Melinda French Gates (tugʻilgan paytida: Melinda Enn French; talaffuzi: Melinda French Geyts; 1964-yil 15-avgust) – amerikalik xayriyachi, sobiq kompyuter olimi va Microsoft kompaniyasining bosh menejeri. French Gates doimiy ravishda Forbes talqini boʻyicha dunyodagi eng kuchli ayollardan biri sifatida qayd etilgan[1].
Melinda French Gates (Melinda Enn French) | |
---|---|
Melinda Gates London sammitida nutq soʻzlamoqda (2012-yil) | |
Tavalludi |
15-avgust 1964-yil Dallas, Texas, Amerika Qoʻshma Shtatlari |
Fuqaroligi | Amerika Qoʻshma Shtatlari |
Millati | amerikalik |
Sohasi | menejment |
Ish joylari | Microsoft, Expedia, Duke universiteti, Graham Holdings, Drugstore.com |
Institutlar | Duke universiteti |
Mashhur ishlari | Bill va Melinda Gates fondi asoschisi, Pivotal Ventures hamraisi va asoschisi |
Mukofotlari |
Prezidentning Ozodlik medali (2016) Fransiya faxriy legioni ordeni Aztek burguti ordeni Asturiya shahzodasi mukofoti Britaniya imperiyasi ordeni Padma Bhushan mukofoti Otto Hahn Tinchlik medali UCSF medali |
Turmush oʻrtogʻi | Bill Gates (1994–2021) |
Dini | katolik |
Veb-sayt | Profil |
2000-yilda u oʻsha paytdagi turmush oʻrtogʻi Bill Gates bilan birgalikda 2015-yil holatiga koʻra, dunyodagi eng yirik xususiy xayriya tashkiloti boʻlgan Bill va Melinda Gates jamgʻarmasiga asos solgan[2] va u sobiq eri bilan birgalikda AQSh Prezidentining Ozodlik medali hamda Fransiya faxriy legioni ordeni bilan taqdirlangan. 2021-yil may oyi boshida Bill va Melinda Gates ajrashayotganliklarini eʼlon qilishdi, ammo baribir ular jamgʻarmaning hamraislari boʻlib qolishadi[3].
Yoshligi
tahrirMelinda Ann French 1964-yil 15-avgustda Dallasda (Texas) tugʻilgan[4]. U aerokosmik muhandis Jr. Raymond Joseph French va uy bekasi Elaine Agnes Amerlandning toʻrt farzandidan ikkinchisi. Melindaning opasi va ikkita ukasi bor[5]. Katolik dinida boʻlgan French St. Monica katolik maktabida oʻqib, sinfdagi eng yaxshi oʻquvchi boʻlgan[6]. 14 yoshida otasi tomonidan Frenchga Apple II (8 bitli uy kompyuteri) tanishtirilgan, shu bilan birga uning oʻqituvchisi Bauer xonim oʻquvchi qizlar maktabida informatika fanidan dars berishni yoqlagan[7]. Aynan shu tajriba unda kompyuter oʻyinlari va BASIC dasturlash tiliga qiziqishni shakllantirdi.
French 1982-yilda Dallasdagi Ursulin akademiyasini valediktor sifatida tamomlagan[8]. U 1986-yilda Duke universitetida kompyuter fanlari va iqtisod boʻyicha bakalavr darajasini hamda 1987-yilda Dukening Fuqua biznes maktabida MBA (biznes boshqaruvi magistri) darajasini olgan[9]. Dukeda French Kappa Alpha Theta nomli ayollar birodarligi tashkiloti aʼzosi boʻlgan[10].
Faoliyati
tahrirFrench Gatesning birinchi ishi bolalarga matematika va kompyuter dasturlash boʻyicha repetitorlik qilish boʻlgan[11]. Oʻqishni tamomlagandan soʻng, u Microsoft kompaniyasida multimedia mahsulotlarini ishlab chiqish uchun mas’ul boʻlgan marketing menejeri boʻlib ishlay boshlagan[12]. Bu mahsulotlar orasida Cinemania, Encarta, Publisher, Microsoft Bob, Money, Works (Macintosh) va Word bor edi. U sayohatni bron qilish uchun eng mashhur veb-saytlardan biriga aylangan Expediada ishlagan. 1990-yillar boshida French Gates Axborot mahsulotlari boʻyicha bosh menejer etib tayinlandi, u bu lavozimda 1996-yilgacha ishlagan[13]. Oʻsha yili u oilasiga eʼtibor qaratish uchun Microsoft kompaniyasini tark etgan[14]. French Gates 1996-yildan 2003-yilgacha Duke universitetining Vasiylik kengashi aʼzosi boʻlib ishlagan[15]. U Bilderberg guruhining yillik konferensiyasida qatnashadi va 2004-yildan beri Graham Holdings (sobiq The Washington Post kompaniyasi) direktorlar kengashi aʼzosi hisoblanadi[16]. U, shuningdek, Drugstore.com direktorlar kengashi aʼzosi ham edi, lekin 2006-yilning avgustida xayriya loyihalariga eʼtibor qaratish uchun tashkilotdan ketgan[17]. French Gates 2000-yildan beri jamoatchilik eʼtiborida boʻlib, u shunday degan: „Men tarixdagi kuchli ayollar haqida oʻylar ekanman, ularning har biri oʻz yoʻlida qandaydir tarzda oldinga qadam tashlaganini angladim“. Uning Bill va Melinda Gates jamgʻarmasining maqsadlarini shakllantirish va ilgari surish boʻyicha ishlari jamoatchilik eʼtirofiga sazovor boʻlishiga imkon berdi. 2014-yilga kelib Bill va Melinda oʻzlarining shaxsiy boyliklaridan 28 milliard AQSh dollarini xayriya qilishgan[18]. 2015-yilda French Gates AQSh ayollari va oilalariga taalluqli muammolarga innovatsion yechimlarni aniqlash, ishlab chiqish va amalga oshirish uchun alohida, mustaqil tashkilot sifatida Pivotal Venturesga asos solgan[19].
2019-yilda French Gates The Moment of Lift: How Empowering Women Changes the World kitobi bilan muallif sifatida debyut qildi. Kitob feminist iqtisodchi Dame Marilyn Waringning If Women Counted asariga tayanib, ayollarning haq toʻlanmaydigan mehnati eʼtiborga olinmasligini koʻrsatib beradi[20].
Shaxsiy hayoti
tahrirMelinda Microsoft bosh direktori Bill Gates bilan 1987-yilda Nyu-Yorkdagi savdo yarmarkasida tanishganidan soʻng uchrashishni boshladi[21]. 1994-yilda u Gavayidagi Lanai orolida boʻlib oʻtgan marosimda Gatesga turmushga chiqdi. Ularning uchta farzandi bor: Jennifer, Rory va Phoebe Gates. Oila Vashingtonning Medina shahrida, Vashington koʻliga qaragan qasrda istiqomat qilgan[22]. Oila shuningdek, Kaliforniyaning Del Mar shaharchasida okean sohilida joylashgan qarorgohga ham ega[23].
2021-yilning may oyida French Gates va uning turmush oʻrtogʻi ijtimoiy tarmoqlardagi qoʻshma bayonotida ajrashish toʻgʻrisida qaror qabul qilib, 27 yillik nikoh va 34 yillik munosabatlarini tugatganliklarini eʼlon qilishdi[24]. Wall Street Journal xabarlariga koʻra, French Gates kamida 2019-yil oktyabr oyidan beri, erining sudlangan jinsiy jinoyatchi Jeffrey Epstein bilan biznes aloqalari ommaga oshkor boʻlganidan keyin ajrashish boʻyicha advokatlar bilan uchrashgan[25][26]. Garchi er-xotinning nikohdan oldingi kelishuvi boʻlmasa-da, French Gates (ariza bergan) turmush oʻrtogʻidan moddiy yordam talab qilmagan; unga ajrashish natijasida 2 milliard dollardan ortiq qiymatga ega aksiya va qimmatli qogʻozlar ajratildi[27], biroq, moliyaviy kelishuvning toʻliq tafsilotlari oshkor etilmagan. Ajrashish 2021-yil 2-avgustda yakunlandi[28].
2022-yil mart oyida Melinda Bill bilan „doʻstona“ munosabatda ekanligini, ammo ular „doʻst“ emasligini aytgan[29].
Mukofotlar va eʼtirof
tahrir2002-yilda Melinda va Bill Gates har yili Jefferson mukofotlar jamgʻarmasi tomonidan beriladigan Award for Greatest Public Service Benefiting the Disadvantaged („Kam taʼminlangan qatlamga eng katta jamoat xizmati koʻrsatganligi uchun“) mukofotiga sazovor boʻldilar[30].
2005-yil dekabr oyida Melinda va Bill Gates Bono bilan birga Time tomonidan „Yil odami“ deb topildi[31]. Melinda va Bill Gates 2006-yil 4-mayda jahon miqyosidagi taʼsirga ega boʻlgan xayriya faoliyatlari uchun Ispaniyaning Asturiya shahzodasi mukofotiga sazovor boʻldilar[32].
2006-yil noyabr oyida French Gates butun dunyo boʻylab sogʻliqni saqlash va taʼlim sohalaridagi, ayniqsa Meksika, xususan „Un país de lectores“ dasturidagi xayriya ishlari uchun Bill bilan bir qatorda Aztek burguti ordeni bilan taqdirlandi[33].
2006-yil may oyida mahalliy va butun dunyo boʻylab bolalar hayotini yaxshilashga qaratilgan faoliyati sharafiga Sietl bolalar kasalxonasi (sobiq bolalar kasalxonasi va mintaqaviy tibbiyot markazi) Melinda French Gates ambulatoriya yordami binosini uning sharafiga nomladi[34]. U kasalxona uchun 300 million dollar mablagʻ yigʻish kampaniyasiga raislik qildi. Bu mablagʻ kasalxona inshootlarini kengaytirish, kam haq toʻlanadigan va haq toʻlanmaydigan tibbiy xizmatlarni moliyalashtirish hamda kasalxonaning davolash usullari va muolajalarni topishga qaratilgan ilmiy-tadqiqot dasturini rivojlantirish uchun moʻljallangan edi[35].
2007-yilda French Gates Shvetsiyaning Stokgolm shahridagi Karolinska institutida tibbiyot boʻyicha faxriy doktor unvoniga sazovor boʻldi[36]. 2009-yilda u va uning eri Kembrij universitetining faxriy unvonlarini oldilar. Ularning 2000-yilda 210 million dollar xayriya qilishlari natijasida Buyuk Britaniyadan tashqaridagi aspirantura olimlarining oʻqishini moliyalashtiradigan Gates Cambridge Trust (Gates stipendiyasi) joriy etildi[37]. Nihoyat, u 2013-yilda xayriya ishlariga boʻlgan sadoqati uchun Duke universiteti tomonidan insonparvarlik fanlari boʻyicha faxriy doktorlik unvoni bilan taqdirlandi.
Melinda 2013–, 2014–, 2015– va 2017-yillarda Forbesning „100 ta eng kuchli ayollar roʻyxati“da 3-oʻrinni egallagan[38], 2012– va 2016-yillarda 4-oʻrin, 2020-yilda 5-oʻrin hamda 2011–, 2018– va 2019-yillarda 6-oʻrinni egallagan.
U 2013-yilda UCSF medali bilan taqdirlangan[39]. French Gates 2013-yilda xayriya va xalqaro taraqqiyotdagi xizmatlari uchun Britaniya imperiyasi ordeni (DBE) bilan taqdirlangan[40]. Jamgʻarmaning Hindistondagi xayriya faoliyatini sababli Bill va Melinda 2015-yilda Hindistonning uchinchi eng yuqori fuqarolik mukofoti Padma Bhushanni qoʻlga kiritdilar. 2016-yilda Prezident Barack Obama French Gates va uning turmush oʻrtogʻini xayriya saʼy-harakatlari uchun AQSh Prezidentning Ozodlik medali bilan taqdirladi[41]. 2017-yilda Fransiya Prezidenti François Hollande French Gates va uning turmush oʻrtogʻini xayriya saʼy-harakatlari uchun Faxriy legion ordeni qoʻmondoni sifatida Fransiyaning eng oliy milliy mukofoti bilan taqdirladi[42].
Oʻsha yili French Gates tarixiy Berlin shaharchasi zalida Germaniyaning Birlashgan Millatlar Tashkiloti Assotsiatsiyasi (DGVN) tomonidan taqdim etilgan Tinchlik va xalqaro hamjihatlik yoʻlidagi ajoyib xizmatlari uchun 2016-yilgi Otto Hahn Tinchlik medali bilan taqdirlandi[43]. Huddi shu yili u Buyuk Britaniyada joylashgan Richtopia kompaniyasi tomonidan tuzilgan dunyodagi 200 ta eng nufuzli xayriyachi va ijtimoiy tadbirkorlar roʻyxatida 12-oʻringa loyoq topildi[44][45].
Manbalar
tahrir- ↑ „Dunyodagi eng qudratli ayollar“. Forbes.
- ↑ Mathiesen, Karl (2015-yil 16-mart). „Bill va Melinda Gates fondi nima?“. The Guardian.
- ↑ „Gates jamgʻarmasi ajralishdan keyingi 2 yillik hokimiyatni taqsimlash sinovini oʻrnatadi“. ABC News.
- ↑ „Melinda Gatesning tarjimai holi“. Biography.com. A&E televizion tarmoqlari. 2018-yil 15-mart.
- ↑ „Melinda Gates ommaga yuzlandi (2-bet)“. Wayback Machine sayti, cnn.com, 2008-yil 7-yanvar.
- ↑ MakGrou-Xill. 1999. „Rim-katolik boʻlib oʻsgan va qizlar katolik oʻrta maktabida, Dallasdagi Ursaline Akademiyasida tahsil olgan Melinda fanga boʻlgan muhabbatini davom ettirishga undagan“. Biznes haftaligi, 3649-3652-soni.
- ↑ Gates, Melinda, (2021-yil 12-yanvar). „Koʻtarilish lahzasi: Ayollarga kuch berish dunyoni qanday oʻzgartiradi?“.
- ↑ „Ursulin qoʻshimcha 2 million dollarlik grant oldi; fan, matematika, texnologiya boʻyicha ishchi guruhi tuzildi“. Bill va Melinda Gates jamgʻarmasi. 2017-yil 23-sentabrda olindi.
- ↑ Meri Zeiss Stanj; Kerol K. Oyster; Jeyn E. Sloan (2013-yil 9-yanvar). Bugungi dunyoda ayollarning multimedia ensiklopediyasi. SAGE nashrlari. 386-bet.
- ↑ „Melinda Gatesning aql bovar qilmaydigan hayoti – dunyodagi eng boy va kuchli ayollardan biri“. 2017-yil 1-noyabr.
- ↑ „Melinda Gates texnologiyani qanday diversifikatsiya qilmoqda“. Fast company. 2019-yil 18-dekabr.
- ↑ Cathleen, Small (2017). „Melinda Gates: xayriyachi va taʼlim himoyachisi“. Nyu-York; Cavendish Square MChJ nashriyoti.
- ↑ „Melinda Gates“. gatesfoundation.org. Gates fondi. Asl nusxadan arxivlangan, 2021-yil 15-mart.
- ↑ „Ofis romantikasi: Bill Melinda bilan qanday uchrashdi“. The Independent. 2008.
- ↑ „Gates Vasiylik aʼzolariga qoʻshildi“. (Archive.is saytida 2012-08-02 sanasida arxivlangan) Fuqua.duke.edu; 2013-yil 29-iyunda olingan.
- ↑ „Melinda French Gates The Washington Post kompaniyasi direktori etib saylandi“. Graham Holdings kompaniyasi.
- ↑ „Ofitserlar va direktorlar“. Drugstore.com. 2005.
- ↑ Bill Geytsning xayriya profili. 2017-yil 20-avgust, Forbes.com saytidan Wayback Machine saytida arxivlangan; 2016-yil 23-aprelda olingan.
- ↑ „Pivotal Ventures-Biz kimmiz?“. 2020-yil 18-aprel, Wayback Machine, pivotalventures.org saytida arxivlangan; 2020-yil 17-aprelda olingan.
- ↑ "Kitobdan parcha: Melinda Gatesning „Koʻtarilish lahzasi: Ayollarga kuch berish dunyoni qanday oʻzgartiradi?“. ABC News. 2019-yil 23-aprel.
- ↑ „Bill Gatesning profili“. BBC News. 2004-yil 26-yanvar.
- ↑ „Bill Gatesning 124 million dollarlik uyi“. The Economic Times. 2016-yil 16-dekabr.
- ↑ Molnar, Filipp (24-aprel, 2020-yil). million-del-mar-home „Hisobot: Bill va Melinda Gates Del Marda 43 million dollarlik uy sotib olishdi“. Los Angeles Times.
- ↑ Stelloh, Tim (2021-yil 3-may). „Bill va Melinda Gates ajrashishmoqda, jamgʻarmaning kelajagi soʻroq ostida“. NBC News. NBC Universal.
- ↑ Kartrayt, Laklan; Briquelet, Kate (2021-yil 7-may). „Melinda Gates Bill Gatesni Jeffrey Epstein haqida ogohlantirgan“. The Daily Beast.
- ↑ Glazer, Emily; Safdar, Khadeeja (9-may, 2021-yil). „Melinda Gates 2019-yildan beri Bill Gates bilan nikohini tugatish uchun ajralish boʻyicha advokatlar bilan uchrashgan“. Wall Street Journal.
- ↑ Miranda, Gabriela (7-may, 2021-yil). „Bill Gatesning aksiyalarini oʻtkazgandan soʻng, Melinda Gates milliarderga aylandi“. USA Today. Gannett Satellite Information Network, MChJ.
- ↑ Novet, Jordan (2021-yil 2-avgust). „Bill va Melinda French Gates 27 yillik nikohdan keyin rasman ajrashishdi“. CNBC.
- ↑ Yang, Mayya (2022-yil 3-mart). "Melinda French Gates „doʻstona“ munosabatda, lekin Bill Gates bilan doʻst emasligini aytadi". The Guardian.
- ↑ „Jefferson mukofotlari veb-sayti.“. 2010-yil 24-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 2-iyul.
- ↑ „2005-yil odamlari – TIME“.
- ↑ „„2012-yil laureatlari — Asturiya shahzodasi mukofoti“.“. 2013-yil 23-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 2-iyul.
- ↑ „Biz haqimizda gapiring: Melinda Gates“.[sayt ishlamaydi]
- ↑ „Bizning nomimiz qanday rivojlangan?“. Seattlechildrens.org; 2013-yil 29-iyunda olingan.
- ↑ „„Sietl bolalar kasalxonasi 300 million dollarlik kapital kompaniyasini eʼlon qildi — 200 million dollar allaqachon yegʻilgan“.“. 2013-yil 3-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 2-iyul.
- ↑ „Melinda Gates Karolinska institutining faxriy doktori“.
- ↑ „Gates Cambridge Trust“. Nyu-York universiteti.
- ↑ „Dunyoning 100 ta eng kuchli ayollari 2013“. Forbes.
- ↑ „UCSF medali“. Kansler idorasi.
- ↑ „Angela Ahrendts va Melinda Gates Britaniya imperiyasining (faxriy) qizlari“.
- ↑ „Prezident Obama Prezidentning Ozodlik medali sohiblari nomini aytdi“. whitehouse.gov. 2016-yil 16-noyabr.
- ↑ „Bill va Melinda Gates: Sof yurak uchun medal“. Parij oʻyini (fransuz tilida).
- ↑ „Otto Hahn Tinchlik medali va Melinda Gates“. Birlashgan Millatlar Tashkiloti Germaniya Assotsiatsiyasi, LV Berlin-Brandenburg (DGVN). 26-may, 2017-yil.
- ↑ „Filantroplar va ijtimoiy tadbirkorlarning eng yaxshi 200 taligi: Elon Muskdan Melinda Gatesgacha, bular dunyodagi eng nufuzli xayriyachilardir“. Richtopia. 2017-yil 30-mart.
- ↑ „Eng yaxshi 200 ta global xayriyachilar, ijtimoiy tadbirkorlar“. This Day Live. 2017-yil 1-aprel.