Menejer (inglizcha: manager — boshqaruvchi)

1) korxona va kompaniya egalari boʻlmagan, maxsus tayyorgarlik koʻrgan, boshqarishning qonun-qoidalarini chuqur biluvchi malakali mutaxassis — yollanma boshqaruvchi.

2) rivojlangan mamlakatlarda kompaniya, firma, korxona, bank, moliya muassasalarining ijroiya hokimiyatga ega boʻlgan boshqaruvchi, direktor, rahbar, mudir, maʼmuriy boshqaruvchi kabi rahbar xodimi.

3) obligatsiya zayomlari chiqarish (emissiya) va uni kapital bozorida oʻtkazish bilan shugʻullanuvchi bank sindikatlari rahbar guruxlari ishtirokchisi. Menejer rivojlangan mamlakatlarda maxsus ijtimoiy qatlamni tashkil qiladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitlarida Menejer xizmati ishlab chiqarishda va tovarlar muomalasini uyushtirishda zarur omil boʻlib qoladi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil