Axborot texnologiyalari

Axborot texnologiyalari maʼlumotlarni boshqarish va qayta ishlash texnologiyalaridir. Odatda bu atama ostida kompyuter texnologiyalari tushuniladi. Axborot texnologiyalari sohasida turli axborotni EHM va kompyuter tarmoqlari orqali yigʻish, saqlash, himoyalash, qayta ishlash, uzatish kabi amallar ustida ishlar olib boriladi.

Oʻzbekistonda axborot texnologiyalari mutaxassislari Toshkent Axborot Texnologiyalari Universitetida tayyorlanadilar.

Zamonaviy Axborot Texnologiyalarining asosiy jihatlariTahrirlash

Qo‘lyozmalar yaratilganidan keyin, elektr telegrafi, so‘ngra esa telefon va radiotelefonning yuzaga kelishi axborot hamjamiyatining yaratilishi uchun ilk qadamlar sifatida qayd etilgan bo‘lsa,[1] televidenie, Internet, bundan keyin esa uyali aloqa va GPSning paydo bo‘lishi tasvir, matn va «simsiz aloqa» so‘zlarini o‘zaro bog‘lab berdi. 1971 yilda AT uchun ahamiyatli voqea ro‘y berdi – ikkita meynfreym o‘rtasida ilk elektron pochta xabari yuborildi.[2] Bugungi kunda Internet va televideniedan mobil telefonlarda ham foydalanish imkoniyati paydo bo‘ldi. Bunda telefondan kamera sifatida ham foydalansa bo‘ladi. 20 asrning so‘nggi o‘n yilligida informatika va telekommunikatsiyalarning birlashuvi komponentlarning kichrayib ketishiga olib keldi, bu holat 2000 yildan boshlab hamyonbop narxlarda «ko‘p funksiyali» qurilmalarni ishlab chiqarish imkoniyatini yaratib berdi. AKTdan foydalanish qamrovi, ayniqda boy mamlakatlarda yanada kengayib bormoqda, lekin diqqatni ijtimoiy va raqamli qoidabuzarliklarda jamlash, shuningdek avlodlar o‘rtasidagi uzilish kabi qaltisliklar doim mavjud bo‘lib kelmoqda. Insoniyat faoliyatining turli sohalarida, qishloq va o‘rmon xo‘jaligini boshqarishdan (o‘rmonni noqonuniy kesilishiga qarish kurashish uchun ularni chegaralash) boshlab atrof-muhitni yoxud biologik hilma-hillikni kompleks tarzda monitoring qilish (monitoring faoliyati), faol demokratiya, savdo-sotiq, telemeditsina, axborot, ma’lumotlar bazasini boshqarish, tarmoqlarni tashkil qilish, harbiy sohalarni avtomatlashtirish, nogironlarni qo‘llab-quvvatlash (ko‘zi ojizlar zamonaviy ovozli sintezatorlardan foydalanmoqdalar) va boshqa Axborot-Kommunikatsiya Texnologiyalari insonning hayotida va ijtimoiy faoliyatida o‘ziga xos o‘rin olishi shubhasiz. Axborot Texnologiyalari jiddiy tayyorgarlik, katta mablag‘ hamda murakkab ilmiy qurilmalar bo‘lishini talab etadi.[3] Axborot Texnologiyalarining joriy etilishi matematik va dasturiy ta’minotni yaratish, tizimlarda axborot oqimlarini shakllantirishdan hamda mutaxassislarini tayyorlashdan boshlanishi lozim. Zamonaviy Axborot Texnologiyalarining asosiy jihatlari quyidagilardan iborat:

  • Axborotni berilgan algoritmlar bilan kompyuterda qayta ishlash,
  • Katta hajmli axborotni mashina disklarida saqlash,
  • Cheklangan vaqt oralig‘ida axborotni istalgan masofalarga uzatish.

ManbalarTahrirlash