Katy Perry
Katheryn Elizabeth Hudson[1] (talaffuzi: Ketrin Elizabet Hadson; 25-oktabr 1984-yilda tugʻilgan), taxallusi — Katy Perry (talaffuzi: Keyti Perri) — amerikalik qoʻshiqchi, qoʻshiqnavis va aktrisa. Perry Kaliforniyaning Santa Barbara shahrida tugʻilib oʻsgan. Konservator ota-onasi unga ommabop pop musiqa tinglashni taqiqlashar edi. U yoshligidan gospel musiqaga qiziqqan. Perry Red Hill Records bilan shartnoma imzolab, 2001-yilda Katy Hudson nomli albom chiqargan, biroq bu albom tijoriy jihatdan muvaffaqiyatsiz boʻldi. Perry Red Hill Records bilan ishlashni toʻxtatgandan soʻng, dunyoviy musiqa bilan shugʻullanish maqsadida Los Angelesga koʻchib oʻtdi va keyinchalik produserlar — Glen Ballard, Dr. Luke va Max Martin bilan ishlashni boshladi. 2007-yilning aprelida u Capitol Records studiyasidan shartnoma imzolab, Katy Perry degan taxallus olgan.
Katy Perry | |
---|---|
Tavalludi |
Katheryn Elizabeth Hudson 25-oktyabr 1984-yil Santa Barbara, Kaliforniya, AQSh |
Fuqaroligi | AQSh |
Kasbi |
|
Faoliyat yillari | 2001–hozirgacha |
Boʻyi | 170.3 sm |
Ampluasi | vokal, pianino, gitara |
Turmush oʻrtogʻi |
Russell Brand (2010—2012) |
Bolalari | 1 |
Otasi | Keith Hudson |
Onasi | Mary Perry |
Veb-sayti | KatyPerry.com |
Perry tijoriy muvaffaqiyatga 2008-yili One of the Boys nomli ilk studiya albomini chiqarib erishdi. Keyin olamshumul hit boʻlgan „I Kissed a Girl“ ashulasini chiqardi. Bundan soʻng u „Hot n Cold“ va „Waking Up in Vegas“ kabi qoʻshiqlar yozib, faoliyatini davom ettirdi. Perry albomiga bagʻishlangan Hello Katy Tour turnesini boshladi. Ikkinchi studiya albomi Teenage Dream koʻp mamlakatlarda chartlar tepasiga koʻtarildi. Undan Billboard Hot 100 hit-paradiga kirgan beshta singl — „California Gurls“, „Teenage Dream“, „Firework“, „E.T.“ va „Last Friday Night (T.G.I.F.)“ joy olgan. Perry birdaniga beshta ashulasi bilan Hot 100 ga kirgan birinchi ayol qoʻshiqchi boʻldi (ungacha faqat Michael Jackson Bad albomi (1987) bunga muvaffaq boʻlgan edi). Shu albomini dastaklash uchun Perry California Dreams Tour turnesini boshladi.[2] Teenage Dream albomidan soʻng Katy Perry „Part of Me“ nomli yana bir hit qoʻshiq yozdi.
Katy Perry shaxsiy hayoti ommaviy axborot vositalari eʼtiborida boʻlib kelmoqda. Artist Travie McCoy bilan boʻlgan omadsiz munosabatlaridan keyin u 2010-yili britaniyalik qiziqchi Russell Brandga turmushga chiqdi. 2011-yil dekabrida Brand ajrashishini eʼlon qildi. Perry shuningdek 2012-yili Part of Me nomli musiqiy-biografik filmda suratga tushdi.
Hayoti
tahrir1984—1998-yil: Ilk hayoti
tahrirKatheryn Elizabeth Hudson 1984-yil 25-oktabrda AQShning Kaliforniya shtatidagi Santa Barbara shahrida pentecostal ruhoniylari oilasida tugʻilgan.[3] Uning onasi Mary Christine (qizlik familiyasi Perry), otasi esa Maurice Keith Hudson. Uning ota-onasi yangitdan tugʻilishgan xristianlardir, sababi ularning har biri „yovvoyi ulgʻayishdan“ keyin dinni qabul qilishgan.[4] Perry ingliz, olmon, irland va portugal ajdodlariga ega hisoblanadi.[5] Onasi tomonidan u amerikalik film rejissor Frank Perryning jiyanidir.[6] Uning qoʻshiqchi boʻlgan David ismli ukasi[7] hamda Anjela ismli opasi mavjud.[8]
3 yoshdan 11 yoshgacha Perry, butun mamlakat boʻylab oilasi bilan tez-tez bir shahardan boshqa shaharga koʻchishgan, chunki ota-onasi qayta Santa Barbara shahriga joylashishidan avval, bir nechta cherkovlar tashkil etishgan. Ulgʻayganida, u boshlangʻich va oʻrta maʼlumotni diniy maktablarda va lagerlarda, shu jumladan Arizona shtatidagi Paradise Valley nasroniy maktabida va Kaliforniyadagi Santa Barbara xristian maktabida olgan.[3][9] Uning oilasi moliyaviy jihatdan ancha qiynalishgan.[10]
Diskografiyasi
tahrir- Katy Hudson (2001)
- One of the Boys (2008)
- Teenage Dream (2010)
- Prism (2013)
- Witness (2017)
- Smile (2020)
Filmografiyasi
tahrir- Smurflar (2011)
- Katy Perry: Part of Me (2012)
- Smurflar 2 (2013)
- Brand: A Second Coming (2015)
- Katy Perry: The Prismatic World Tour (2015)
- Katy Perry: Making of the Pepsi Super Bowl Halftime Show (2015)
- Jeremy Scott: The Peopleʼs Designer (2015)
- Zoolander 2 (2016)
- Popstar: Never Stop Never Stopping (2016)
Gastrollari
tahrir- Hello Katy Tour (2009)
- California Dreams Tour (2011—2012)
- Prismatic World Tour (2014—2015)
- Witness: The Tour (2017—2018)
Manbalar
tahrir- ↑ Russell Brand files for divorce (Wayback Machine saytida 2016-01-15 sanasida arxivlangan), TMZ.com, 30-dekabr 2011-yil.
- ↑ „Top 25 Worldwide Tours (01/01/2011 – 12/31/2011)“. Pollstar. Pollstar, Inc. (28-dekabr 2011-yil). 7-aprel 2012-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 28-dekabr 2011-yil. (WebCite saytida 29-dekabr 2011-yil sanasida arxivlangan)
- ↑ 3,0 3,1 Friedlander 2012, s. 15
- ↑ Graff, Gary. „Interview: Katy Perry – Hot N Bold“ (21-fevral 2009-yil). 7-mart 2009-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 28-fevral 2009-yil.
- ↑ Cowlin 2014, ss. 11, 51
- ↑ Robinson, Lisa (3-may 2011-yil). „Katy Perry's Grand Tour“. Vanity Fair. 25-oktabr 2014-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 23-yanvar 2014-yil.
{{cite magazine}}
: CS1 maint: date format () - ↑ Martins, Chris (4-sentabr 2012-yil). „7 Questions With David Hudson: His Movement, The Music & Advice From Big Sister Katy Perry“. Spin. 2-may 2014-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 30-aprel 2014-yil.
{{cite magazine}}
: CS1 maint: date format () - ↑ Friedlander 2012, s. 7
- ↑ Masley, Ed. „Katy Perry talks Super Bowl, Scottsdale childhood“ (9-yanvar 2015-yil). Qaraldi: 9-yanvar 2015-yil.
- ↑ Wallace, Amy (19-yanvar 2014-yil). „Katy Perry's GQ Cover Story“. GQ. 7-fevral 2014-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 6-fevral 2014-yil.
{{cite magazine}}
: CS1 maint: date format ()
Havolalar
tahrir- Rasmiy sayti (ingl.)
- Katy Perry IMDbda
- Katy Perry Twitter sahifasi
- Katy Perry Facebook sahifasi
- Katy Perry YouTube sahifasi
- Katy Perry MySpace sahifasi