Los-Anjeles

(Los Angelesdan yoʻnaltirildi)

Los Anjeles (Los Anjelos) (inglizcha: Los Angeles, ispancha: Los Ángeles, shuningdek, L.A. va City of Angels — Farishtalar shahri nomlari bilan mashhur) — Tinch okeani boʻyida joylashgan AQShning Kaliforniya shtatidagi shahar. Shtatning aholi soni boʻyicha eng yirik shahri, mamlakatda esa ikkinchi (2022-yil holatiga ko'ra aholi soni 12mln 488ming kishinini tashkil etdi [1]). Los Anjelesda yashovchilar „Angelenos“ deb ataladilar.

Los-Anjeles
Shahar
Los Angeles with Mount Baldy.jpg
Hollywood sign (8485145044).jpg
Griffith Observatory - Dusk.jpg
Vincent Thomas Bridge 2.jpg
Los Angeles City Hall 2013.jpg
TheThemeBuildingLosAngeles (cropped2).jpg
Venice Beach, Los Angeles, CA 01 (cropped).jpg
Los Angeles, AQShning rasmiy gerbi
Gerb
34°02′0″N 118°16′0″W / 34.03333°N 118.26667°W / 34.03333; -118.26667 G OKoordinatalari: 34°02′0″N 118°16′0″W / 34.03333°N 118.26667°W / 34.03333; -118.26667 G O
Mamlakat AQSh
Hukumat
 • Mer Eric Garcetti
Zichligi 3168 kishi/km2
Los-Anjeles xaritada
Red pog.png
Shahar markazining koʻrinishi

Los-Anjeles — AQShning jan.gʻarbiy qismidagi shahar, Kaliforniya shtatida. Aholisi 12mln.dan ortiq (2022-yil holatiga ko'ra) kishi (2000, shahar atrofi bilan 7 mln.dan ortiq). Shim.dan janubga tomon 80 km ga choʻzilgan. Mamlakat gʻarbidagi asosiy iqtisodiy, yetakchi sanoat va ilmiy markazlardan biri. Tinch okean sohilidagi ikkinchi muhim port (yillik yuk ortib-tushirish 25 mln. t). Transport yoʻllari tuguni. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Mamlakatning yirik aviaraketa sanoati markazi. Kosmik apparatlar ishlab chiqariladi. Radioelektronika (jumladan, EHM va asosan, harbiy maqsadlar uchun jihozlar ishlab chiqarish), priborsozlik, metallsozlik, avtomobilsozlik, kemasozlik sanoati korxonalari bor. Neftni kayta ishlash, metallurgiya, kimyo, poligrafiya, tikuvchilik, mebel, oziq-ovqat sanoati rivojlangan. Neft olinadi (sohilboʻyi qismida). Kinosanoat va videobiznesning asosiy markazi (Gollivud). Dengiz buyi iqlim kurorti. Turizm rivojlangan. 3 universitet (jumladan, Kaliforniya universiteti fakultetlari, Janubiy Kaliforniya universiteti) va boshqa oʻquv muassasalari bor. Shaqarga 1781-yil ispanlar tomonidan Yangi Ispaniya vitse-qirolligi tarkibidagi Meksika hududida asos solingan. Meksika mustaqillikka erishgach, Meksika davlati tarkibiga kirdi. Amerika—Meksika urushi davrida (1846—48) AQSH tomonidan egallab olindi.

Shahar qatʼiy reja asosida qurilgan. Zamonaviy meʼmoriy yodgorliklardan Benning-xaus (1911), Doj-xaus (1916), badiiy galereya, cherkov va boshqa binolar, muzeylar, rasadxona bor. Harbiy dengiz bazasi. Los Anjelesda 1932-yilda 10-Olimpiya, 1984-yilda 13-Olimpiya oʻyinlari boʻlib oʻtgan.[2]

ManbalarTahrirlash