Nyu York (shahar)

AQShdagi yirik shahar

Nyu York shahri (inglizcha: New York, ruscha: Нью-Йорк) yoki NY koʻrinishida qisqartiriladigan Amerika Qoʻshma Shtatlarining eng katta sanoat, moliya, savdo-transport hamda siyosiy va madaniy markazi, dunyodagi eng yirik shaharlardan biri. Atlantika okeani sohilida, Gudzon daryosining quyilish joyida. Shaharning markaziy qismi Manhattan orolida joylashgan. Iqlimi moʻtadil, sernam iqlim. Yillik yogʻin 1000 mm. Maydoni (shaharning munitsipal chegarasi doirasida, suv havzalarisiz) 953 km². Aholisi 8,336,817 kishi (2009). Nyu Yorkning amalda qoʻshilib ketgan shaharlar va shahar atrofi bilan birga maydoni 27 ming km², aholisi 19 million kishi. Shahar aholisining koʻpchiligi asli yevropalik, osiyolik va afrikaliklar, xususan, 15 % qoratanlilar, 14 % kelib chiqishiga koʻra italyanlar, 12 % puertorikanlar va boshqalardan iborat.

Nyu York
Shahar
Skyline of Nyu York
Nyu York
Bayroq
Nyu York
Gerb
40°39′0″N 74°3′0″W / 40.65000°N 74.05000°W / 40.65000; -74.05000 G OKoordinatalari: 40°39′0″N 74°3′0″W / 40.65000°N 74.05000°W / 40.65000; -74.05000 G O
Mamlakat AQSh
Shtat New York
Hukumat
 • Mer Eric Adams
Maydon 1,223.59 km2 (472.43 mi²)
Markazi balandligi 10[1] m
Aholisi
 (2020)
8 804 190[2]
Zichligi 11313.68 kishi/km2
Etnoxoronim new yorklik
Vaqt mintaqasi UTC-5, yozda UTC-4
Telefon kodi 212, 332, 347, 646, 718, 917, 929
Pochta indeks(lar)i 100xx-104xx, 11004-05, 111xx-114xx, 116xx
Avtomobil kodi NY
Nyu York xaritada
Nyu York
Nyu York

Ilk bor Manhattan oroliga 1613-yilda gollandlar kelib oʻrnashgan. Shaharga 1625-yilda asos solingan. 1626-yildan Yangi Amsterdam deb atalgan. 1664-yilda Yangi Amsterdamni inglizlar bosib olib, gersog Yorkskiy sharafiga Nyu York deb ataganlar. 1785—90-yillarda Nyu York Amerika Qoʻshma Shtatlarining muvaqqat poytaxti. Shaharda Birlashgan Millatlar Tashkiloti va boshqa xalqaro tashkilotlarning shtab-kvartirasi joylashgan.

Nyu York — Amerika Qoʻshma Shtatlarida eng katta, dunyoda eng yirik dengiz portlaridan. Chetdan keltiriladigan yuklar (neft, tropik oʻsimliklar mahsuloti, xom ashyo, sanoat buyumlari) chetga chiqariladigan yuklar (sanoat buyumlari, oziq-ovqat)dan 3-marta koʻp. Mamlakat tashki savdo aylanmasining 1/4 qismi Nyu York orqali oʻtadi. Shaharda fond birjasi, bank, sugʻurta jamiyatlari, sanoat va boshqa korporatsiyalarining boshqarmalari joylashgan. 3 ta katta xalqaro aeroport mavjud. Tikuvchilik va poligrafiya sanoatlari salmoqli oʻrin tutadi. Mashinasozlik va metallsozlik (jumladan, elektrotexnika, tayyor qismlardan avtomobil yigʻish, aviaraketasozlik, optika-mexanika), kimyo hamda galantereya va zargarlik buyumlari ishlab chiqarish rivojlangan. Neftni qayta ishlash, rangli metallurgiya, oziq-ovqat sanoati korxonalari bor. Shaharning ayrim qismlarini 60 dan ortiq koʻprik, bir nechta avtomobil tunneli (umumiy uzunligi 370 km) va yoʻlovchilar tashish paromlari birlashtirib turadi. 1868-yildan metropoliten ishlab turibdi.

Nyu York universitetlarning soni boʻyicha Kaliforniyadan keyin ikkinchi oʻrinni egallaydi-bu erda ularning 477, Nyu York davlat yili talabalar masala boʻyicha mamlakatdagi eng yirik hisoblanadi. 40 dan ortiq kollej, Fanlar akademiyasi va boshqa akademiyalar, institutlar, yirik kutubxonalar, muzeylar, 70 dan ortiq teatr binolari, Filarmoniya zali, konservatoriya, konsert zallari va boshqa bor.

Nyu Yorkda italyanlar, yahudiy, xitoy va boshqa millatga mansub aholining koʻcha va kvartallari mavjud. Shahar 19-asr boshidan toʻgʻri burchakli reja asosida shakllana boshladi. 19-asr oʻrtalariga kelib, ulkan shaharga aylandi. Eng katta koʻchalardan biri — Brodvey (uzunligi 29 km). 19—20-asrlarda koʻp qavatli baland binolar qurila boshlandi. 20-asr oʻrtalariga kelib Nyu York uzunligi 200 km keladigan va birbiri bilan tutashib ketgan ulkan shaharlar toʻdasiga aylandi. 17—18-asrlarda qurilgan binolardan ratusha (1803—12), Triniti-Chyorch cherkovi (1839—46), katta muhandislik inshootlaridan Bruklin koʻprigi (1869—83) va boshqa saqlangan. Koʻp qavatli binolardan Empire State Building (102 qavat, 1930—31), BMT shtabkvartirasi binosi (1947—52), Xalqaro savdo markazi (2 ta 110 qavatli minora, balandligi 412 m; 1971—73; 2001-yil 11-sentabrda terrorchilar tomonidan portlatilgan) va boshqa yirik koʻpriklari: George Washington va Verratsano-Norrous. Muhim yodgorliklari: Ozodlik haykali va Vashington arki hisoblanadi.[3]

Tarixi tahrir

Qadim zamonlarda hozirgi Nyu York shahri hududida algonkinlar istiqomat qilishgan.

Nyu York limaniga tashrif buyurgan ilk yevropalik Giovanni da Verrazzano boʻlgan. Verrazzano Florensiyada tugʻilgan boʻlib, tadqiqotchi sifatida faoliyat yuritgan. U Nyu York limaniga 1524-yilda tashrif buyurgan hamda u yerni Fransiyaga tegishli hudud, deb daʼvo qiib, hududni Nouvelle Angoulême (Yangi Angoulême), deb nomlagan. Undan keyin, portugaliyalik kapitan Estêvão Gomes rahbarligidagi ispan ekspeditsiyasi 1525-yilning yanvarida Nyu York limaniga yetib kelgan. Gomes Gudzon daryosini Río de San Antonio (San Antonio daryosi), deb nomlagan hamda uning xaritasini ishlagan. 1527-yili Shimoliy Amerikaning sharqiy qirgʻogʻini koʻrsatuvchi ilk ilmiy xarita — Padrón Real Gomes ekspeditsiyasi materiallari asosida ishlangan. AQShning shimoliy-sharqiy qismi Gomes sharafiga Tierra de Esteban Gómez, deb nomlangan.

Geografiyasi tahrir

Iqlimi tahrir

Nyu York shahri
Klimatogramma
Y
F
M
A
M
I
I
A
S
O
N
D
 
 
3.6
 
 
40
28
 
 
3.2
 
 
42
30
 
 
4.3
 
 
50
36
 
 
4.1
 
 
62
46
 
 
4
 
 
71
55
 
 
4.5
 
 
80
64
 
 
4.6
 
 
85
70
 
 
4.6
 
 
83
69
 
 
4.3
 
 
76
62
 
 
4.4
 
 
65
51
 
 
3.6
 
 
54
42
 
 
4.4
 
 
44
34
Oʻrtacha maksimal va minimal harorat (°F)
Yogʻin miqdori (dyuym)


New York shahri iqlimi
Koʻrsatkich Yan Fev Mart Apr May Iyun Iyul Avg Sen Okt Noy Dek Yil
Mutlaq maksimal, °C 15,8 15,9 21,3 28,3 31,4 33,4 35,4 34,1 31,7 26,5 21,5 17,2 36,1
Oʻrtacha maksimal, °C 4,2 5,7 9,9 16,6 21,9 26,5 29,4 28,5 24,6 18,1 12,2 6,8 17,0
Oʻrtacha harorat, °C 0,9 2,2 6,0 12,1 17,3 22,2 25,3 24,5 20,7 14,4 8,9 3,9 13,2
Oʻrtacha minimal, °C −2,3 −1,4 2,1 7,5 12,8 18,0 21,2 20,5 16,8 10,8 5,6 1,0 9,4
Mutlaq minimal, °C 9,8 −10,7 −6,8 0,4 6,6 11,5 16,6 15,7 10,1 3,6 −2,4 −7,8 −13,5
Yogʻingarchilik meʼyori, mm 92 81 109 104 101 115 117 116 109 111 91 111 1 258
Manba: [5][6][7][8][9]


Demografiyasi tahrir

Aholining oʻsishi
YilAholi±%
16984 937—    
17125 840+18.3%
17237 248+24.1%
173710 664+47.1%
174611 717+9.9%
175613 046+11.3%
177121 863+67.6%
179033 131+51.5%
180060 515+82.7%
181096 373+59.3%
1820123 706+28.4%
1830202 589+63.8%
1840312 710+54.4%
1850515 547+64.9%
1860813 669+57.8%
1870942 292+15.8%
18801 206 299+28.0%
18901 515 301+25.6%
19003 437 202+126.8%
19104 766 883+38.7%
19205 620 048+17.9%
19306 930 446+23.3%
19407 454 995+7.6%
19507 891 957+5.9%
19607 781 984−1.4%
19707 894 862+1.5%
19807 071 639−10.4%
19907 322 564+3.5%
20008 008 288+9.4%
20108 175 133+2.1%
20208 804 190+7.7%
2021 (tax.)8 467 513−3.8%
Manbalar: 1698-1771,[10] 1790-1990,[11] 2000—2010,[12] 2020,[2] 2021[13]
Demografiya 2020[14] 2010[15] 1990[16] 1970[16] 1940[16]
Oq tanlilar 30.9 % 33.3 % 43.4 % 64.0 % 92.1 %
Latinoamerikaliklar 28.3 % 28.6 % 23.7 % 15.2 % 1.6 %
Afroamerikaliklar 20.2 % 22.8 % 28.8 % 21.1 % 6.1 %
Osiyoliklar 15.6 % 12.6 % 7.0 % 1.2 % 0.2 %
Mahalliy amerikaliklar 0.2 % 0.2 % 0.4 % 0.1 %
Koʻp irqli amerikaliklar 3.4 % 1.8 %

Nyu York shahri aholi soni boʻyicha AQShdagi eng yirik shahardir[17]. 2010-yilgi maʼlumotlarga koʻra, shaharda 8 175 133 nafar kishi istiqomat qiladi[2][18][19]. AQShning aholi soni boʻyicha 2-eng yirik shahri boʻlmish Los Angelesda Nyu York shahri bilan solishtirilganda ikki barobar kam kishi istiqomat qiladi[17]. Nyu York shahri aholisi soni 2010—2020-yillar oraligʻida sezilarli darajada oʻsgan (taxminan 629 000 nafar kishi). Solishtirish uchun, AQShning aholi soni boʻyicha Nyu Yorkdan keyingi eng yirik toʻrt shahri — Los Angeles, Chicago, Houston va Phoenixning ayni oʻnyillikda oʻsgan aholi sonini qoʻshganda ham Nyu Yorkda oʻsgan aholi sonidan ozdir[20][21]. Nyu York shahri aholisi Nyu York shtati aholisining taxminan 44 foizini[22], Nyu York aglomeratsiyasi aholisining esa taxminan 39 foizini tashkil etadi[23]. Ushbu shaharda istiqomat qiluvchi aholining aksariyati (5 141 538 yoki 58.4 foizi) Long Island, Brooklyn yoki Queensda yashashadi[24].

Irqiy va etnik guruhlar tahrir

2020-yilgi maʼlumotlarga koʻra, Nyu York shahridagi irqiy va etnik guruhlarning tarkibi quyidagicha: 30.9% oq tanlilar, 28.7% latinoamerikaliklar, 20.2% qora tanlilar yoki afroamerikaliklar, 15.6% osiyoliklar va 0.2% mahalliy amerikaliklar[25]. Latinoamerikalik boʻlmagan aholining 3.4 foizi birdan ortiq irqqa mansub hisoblanadi. 1892—1924-yillar oraligʻida Ellis oroliga 12 milliondan ziyod yevropalik immigrantlar koʻchib kelgan[26]. 1900-yilga kelib, olmonlar immigrantlarning eng yirik guruhini tashkil qilgan. Ulardan keyin irlandlar, yahudiylar va italyanlar immigrantlarning katta guruhini tashkil etishgan[27]. 1940-yilda oq tanlilar shahar aholisining 92 foizini egallagan[16].

Jinsiy orientatsiya tahrir

New York aglomeratsiyasida taxminan 570 000 nafar gey va biseksual kishilar istiqomat qiladi[28][29]. Shaharda bir jinslar orasidagi nikoh 2011-yilning 24-iyunida legallashtirilgan[30].

Dini tahrir

Diniy mansublik (2014)[31][32]
Xristian
  
59%
Katolik
  
33%
Protestant
  
23%
Boshqa xristianlik oqimlari
  
3%
  
24%
Yahudiy
  
8%
Hindu
  
3%
Musulmon
  
3%
Buddist
  
1%
Boshqa
  
1%

Xristianlik tahrir

Nyu York shahrida yashovchi dindorlarning aksariyati xristianlar hisoblanadi[31]. Soni jihatdan eng katta xristianlik denominatsiyasi tarafdorlari rim katolik cherkoviga toʻgʻri keladi (33%). Ikkinchi eng katta xristianlik denominatsiyasi protestantizm tarafdorlariga (23%) toʻgʻri keladi.

Yahudiylik tahrir

Shaharda taxminan 1.1 million nafar kishi yahudiylik diniga eʼtiqod qiladi[33][34]. Ularning yarmidan koʻpi Brooklynda istiqomat qiladi. Yahudiylik New York shahridagi ikkinchi eng koʻp tarafdorlarga ega din hisoblanadi.

Islom tahrir

Islom dini Nyu York shahrida xristianlik va yahudiylikdan keyingi uchinchi eng koʻp tarafdorlarga ega dindir. Musulmon aholining soni taxminan 600 000 va 1 000 000 orasida[35]. Amerikalik musulmonlarning 22.3 foizi Nyu York shahrida istiqomat qilishadi.

Hinduizm va boshqa diniy mansubliklar tahrir

Nyu York shahrida yuqoridagi uch dindan boshqa hinduizm, buddizm, sikhizm, zardushtiylik va boshqa dinlar, shuningdek, ateizm tarafdorlari bor. 2014-yilgi maʼlumotlarga koʻra, new yorkliklarning 3 foizdan oshigʻi ateist sanaladi[31].

Hukumati tahrir

 
Eric Adams Nyu York shahrining amaldagi va 101-meridir.

Nyu York shahrini mer, munitsipal kengash va hisoblar boshqarmasi idora qiladi. Mer aholi tomonidan 4 yil muddatga saylanadi.

Shaharning amaldagi meri — Eric Adams. 2021-yilda unga saylovchilarning 67 foizi ovoz bergan. Merlik lavozimiga 2022-yilning 1-yanvaridan kirishgan.

2016-yil aprel holatiga koʻra, shaharda roʻyxatga olingan saylovchilarning 69 foizi demokratlar, 10 foizi esa respublikachilar hisoblanadi[36].

Manbalar tahrir

  1. „US Board on Geographic Names“ (inglizcha). United States Geological Survey (23-iyun 2018-yil). Qaraldi: 31-yanvar 2008-yil. Search for feature ID 975772.
  2. 2,0 2,1 2,2 „QuickFacts: New York city, New York“ (inglizcha). U.S. Census Bureau. Qaraldi: 17-avgust 2021-yil.
  3. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  4. Belvedere Castle at NYC Parks
  5. „NowData - NOAA Online Weather Data“. National Oceanic and Atmospheric Administration. Qaraldi: 4-may 2021-yil.
  6. „Summary of Monthly Normals 1991–2020“. National Oceanic and Atmospheric Administration. 4-may 2021-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 4-may 2021-yil.
  7. „New York Central Park, NY Climate Normals 1961−1990“. National Oceanic and Atmospheric Administration. Qaraldi: 18-iyul 2020-yil.
  8. „Average Percent Sunshine through 2009“. National Climatic Data Center. Qaraldi: 14-noyabr 2012-yil.
  9. „New York, New York, USA - Monthly weather forecast and Climate data“. Weather Atlas. Qaraldi: 4-iyul 2019-yil.
  10. Greene and Harrington. American Population Before the Federal Census of 1790, New York, 1932. Rosenwaike, Ira. Population History of New York City. Syracuse, N.Y.: Syracuse University Press, 1972 — 8 bet. ISBN 0-8156-2155-8. 
  11. Gibson, Campbell.Population of the 100 Largest Cities and Other Urban Places in the United States:1790 to 1990, United States Census Bureau, June 1998. Retrieved June 12, 2007.
  12. „Table PL-P1 NYC: Total Population New York City and Boroughs, 2000 and 2010“. nyc.gov. Qaraldi: 16-may 2016-yil.
  13. „City and Town Population Totals: 2020-2021“. U.S. Census Bureau. Qaraldi: 5-iyun 2022-yil.
  14. „2020: DEC Redistricting Data (PL 94-171)“. US Census Bureau.
  15. „QuickFacts for New York City / New York State / United States“. United States Census Bureau. Qaraldi: 14-fevral 2022-yil.
  16. 16,0 16,1 16,2 16,3 „Race and Hispanic Origin for Selected Cities and Other Places: Earliest Census to 1990“. U.S. Census Bureau. 12-avgust 2012-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 7-noyabr 2021-yil.
  17. 17,0 17,1 Barron, James. „New York City's Population Hits a Record 8.6 Million“ (22-mart 2018-yil). Qaraldi: 22-mart 2018-yil.
  18. Sherry, Virginia N.. „Staten Island population at all-time high of 473,000; NYC's soars to record 8.4 million“ (27-mart 2014-yil). Qaraldi: 27-mart 2014-yil.
  19. Roberts, Sam. „Fewer People Are Abandoning the Bronx, Census Data Show“ (14-mart 2013-yil). Qaraldi: 27-mart 2014-yil.
  20. Castronuovo, Celine „All 10 largest cities grew, Phoenix supplants Philly as 5th largest in US“. The Hill (12-avgust 2021-yil). Qaraldi: 28-avgust 2021-yil.
  21. Dorman, John L. „Census: The 10 most populous US cities are led by NYC, Los Angeles, and Chicago; Phoenix leapfrogs Philadelphia to claim the No. 5 spot“. Business Insider (16-avgust 2021-yil). Qaraldi: 27-avgust 2021-yil.
  22. „ACS Demographic and Housing Estimates—2012–2016 American Community Survey 5-Year Estimates—City Versus State“. American Fact Finder, United States Census Bureau (2016). 14-fevral 2020-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 8-oktyabr 2018-yil.
  23. „ACS Demographic and Housing Estimates—2012–2016 American Community Survey 5-Year Estimates—City Versus Metro“. American Fact Finder, United States Census Bureau (2016). 14-fevral 2020-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 8-oktyabr 2018-yil.
  24. Correal, Annie. „New York City adds 629,000 people, defying predictions of its decline“ (12-avgust 2021-yil). Qaraldi: 27-avgust 2021-yil.
  25. „2020 Decennial Census“. U.S. Census Bureau. Qaraldi: 11-fevral 2022-yil.
  26. Jones, Charisse „Ellis Island strives to tell more complete immigration story“. USA Today (24-sentyabr 2008-yil). Qaraldi: 4-iyul 2014-yil.
  27.   Chisholm, Hugh, ed. (1911) "New York City#Population" Encyclopædia Britannica 19 (11chi nashri) Cambridge University Press p. 617 
  28. Gates, Gary J. „Same-sex Couples and the Gay, Lesbian, Bisexual Population: New Estimates from the American Community Survey“. The Williams Institute on Sexual Orientation Law and Public Policy (oktyabr 2006). 9-iyun 2013-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 7-dekabr 2013-yil.
  29. Silverman, Brian; Chauvin, Kelsy. Frommer's New York City 2013. John Wiley & Sons, 2013. ISBN 978-1-118-33144-6. 
  30. „New York Allows Same-Sex Marriage, Becoming Largest State to Pass Law“. The New York Times (24-iyun 2011-yil). Qaraldi: 2-sentyabr 2012-yil.
  31. 31,0 31,1 31,2 Lipka, Michael „Major U.S. metropolitan areas differ in their religious profiles“. Pew Research Center (29-iyul 2015-yil). Qaraldi: 30-iyul 2015-yil.
  32. „Religion in America: U.S. Religious Data, Demographics and Statistics“ (en-US). Pew Research Center's Religion & Public Life Project. Qaraldi: 11-iyul 2020-yil.
  33. „World Jewish Population“. SimpleToRemember.com—Judaism Online. Qaraldi: 2-sentyabr 2012-yil.
  34. „Jewish Community Study of New York: 2011 Comprehensive Report“. UJA-Federation of New York. 16-noyabr 2021-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 13-avgust 2014-yil.
  35. „New York City Adds 2 Muslim Holy Days to Public School Calendar“ (4-mart 2015-yil). Qaraldi: 4-mart 2015-yil.
  36. „NYSVoter Enrollment by County, Party Affiliation and Status“. New York State Board of Elections (aprel 2016). 30-iyul 2016-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 30-iyul 2016-yil.
Adabiyotlar

Oʻqish uchun tahrir

Havolalar tahrir

Oldingisi AQSh poytaxti
1785–1791
Keyingisi