Niderland tili
Niderland tili, golland tili (niderl. Nederlands) — Hind-Yevropa tillari oilasidagi german tillari guruhiga mansub, Niderlandiya, Belgiya, Vest-Indiyada, qisman AQShda tarqalgan. Niderlandiya Qirolligining rasmiy tili, Belgiya qirolligining rasmiy tillaridan biri (fransuz tili bilan birga). N. T.da 20 mln.dan ortiq kishi soʻzlashadi.
Niderland tili | |
---|---|
Milliy nomi | Nederlands |
Mamlakatlar | Gollandiya, Belgiya, Surinam |
Soʻzlashuvchilarning umumiy soni | 28.000.000 |
Turkumlanishi | |
Til oilasi | Hind-Yevropa |
Alifbosi | lotin |
Til kodlari | |
ISO 639-1 | nl |
ISO 639-2 | nld |
ISO 639-3 | nld |
Niderland tili oʻrta asrlarda salik franklari qabilaviy lahjalarining friz va sak-son qabilaviy lahjalari bilan oʻzaro taʼsirlashuvi jarayonida shakllangan. Oʻz tarixida 3 rivojlanish bosqichini oʻtgan: qad. niderland (9—11-asrlar), oʻrta niderland (12—15-asrlar) va yangi niderland (16-asrdan boshlab; bu davr hozirgi niderland tiliga oʻtish bosqichidir).
1650 yilda shim. niderlandlar tili "golland tili" deb atalgan. 19-asrda Niderlandiya Qirolligi vujudga kelgach, "niderland tili" termini barkarorlashib qoladi. Yagona adabiy til meʼyo-riy asoslari, til taraqqiyoti markazining shimolga koʻchishi munosabati bilan 17-asrda vujudga keladi. Adabiy tilning ogʻzaki va yozma koʻrinishlarida, shuningdek, shim. va jan. variantlarida fonetik va grammatik sathlarda, leksikada muayyan hududiy farqlar mavjud.
Niderland tili dialektal jihatdan shim.-markaziy, shim.-gʻarbiy, jan.-markaziy, jan.-gʻarbiy, shim.-sharqiy, jan.-sharqiy lahja guruhlariga ega. Fonetikasi jarangsiz portlovchi undoshlarning mavjudligi, diftonglarga boyligi, urgʻuning , asosan, oʻzakka tushishi bilan ajralib turadi. Til xususiyatlariga va grammatik qurilishiga koʻra, Niderland tili analitik tipdagi tillardandir. Koʻp jiqatdan nemis tiliga juda yaqin, le-kin sifatlarning turlanmasligi, gapdagi soʻz tarkibining oʻziga xosligi jixatdan farqlanadi. Niderland tili yozuvi lotin grafikasiga asoslangan.
AdabiyotTahrirlash
- Lingvisticheskiy ensiklopedicheskiy slovar, M., 1990.[1]
ManbalarTahrirlash
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |