Protestantizm (lotincha: protestatio norozi boʻlish, kelishmaslik) — xristianlikdagi 3 asosiy oqimdan biri (katolitsizm va pravoslaviye bilan birgalikda). Reformatsiya davri (16-asr)da katolitsizmdan ajralib chiqqan. Protestantizm asoschilari — M. Lyuter, J. Kalvin, U. Svin-gli. Protestantizm cherkov, sektalarni, kalvinchilik, lyuteranlik, anglikan cherkovlari, metodistlar, baptistlar, adventistlar-ni, shuningdek, koʻpgina mustaqil oqimlarni birlashtiradi. Protestantizm ruxrniylarning inson bilan xudo oʻrtasidagi vositachilik rolini inkor etadi. Protestantizm da ruxrniylar bilan oddiy dindorlar farqlanmaydi. Murakkab cherkov iyerarxiyasi yoʻq, toat-ibodat soddalashtirilgan, monaxlar boʻlmaydi, ruhoniylarning oila qurishi man etilmaydi. Protestantizm, asosan, AQSH, Buyuk Britaniya, Germaniya, Skandinaviya mamlakatlarida, Niderlandiya, Shveysariya, Avstraliya, Kanada, Boltiqboʻyi mamlakatlari (Estoniya, Latviya)da tarqalgan. Protestantlarning umumiy soni 750 mln. ga yaqin.[1]

Yana q.Tahrirlash

ManbalarTahrirlash

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil